O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Tabiatga imkon bering”

2017-05-31

Butunjahon atrof-muhitni saqlash kuniga bag'ishlangan “Tabiatga imkon bering” lotoreya o'yinida ishtirok eting.“Tabiatga imkon bering” loyihasi yaqinlashib kelayotgan 5-iyun — butunjahon atrof-muhitni saqlash kuni uchun barchani tabiatni asrashda kichik, ammo oʻta muhim bo'lgan o'z hissasini qo'shishga chaqiradi.

Siz 29-maydan 4-iyunga qadar eski texnikani taqdim etib, yutug'ida qimmatbaho sovg'alar bo'lgan “Tabiatga imkon bering” ekolotoreyasida ishtirok etishingiz mumkin.
 
Eski, ishdan chiqqan elektr choynaklar, kompyuterlar, video qurilmalar, videokameralar, qahva damlagichlar, dazmollar yoki telefonlarni tezroq qabul punktlarimizga topshiring.
 
Qabul punktlari quyidagi manzillarda joylashgan:
— MediaPark Qoratosh
— MediaPark Rohat
— MediaPark Sirg'ali
— MediaPark Ipak yo‘li
— “Yangiobod” bozori
— Fleshka (eski “Malika”) savdo majmuasi.
 
Eski texnikani taqdim etib, MediaPark dan yangi texnika xarid qilish uchun chegirmali kuponga ega bo'lishdan tashqari, ekolotoreyada ishtirok etishga chiptani ham qo'lga kiritasiz.
 
Lotoreya o'yini 4-iyun kuni MediaPark Qoratosh savdo majmuasida bo'lib o'tadi.
 
Ushbu kunda katta bayram bo'lib o'tadi. Unda qiziqarli koʻngilochar dasturlar, atrof-muhitni asrash va elektron chiqindilarni boshqarish mavzusida konkurs hamda viktorinalar tashkil etiladi.
 
Tadbir 4-iyun kuni, soat 17:00da boshlanadi.
 
Tashkilotchilar: Atrof-muhitni asrash va ekologiya boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi davlat qoʻmitasi hamda AJ “Tashrangmetzavod”.
 
Tashrif buyuring, ishtirok eting, tabiat bilan boʻling!
 
Batafsil ma’lumot uchun: 
 
•  Telefon — (+998-71) 122-77-22
•  Sayt — podarishans.uz

Поделиться