O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ijtimoiy so‘rovnoma
2017-05-29
Soliq to‘lovchi yuridik va jismoniy shaxslar diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan jamoatchilik fikrini o‘rganishga qaratilgan ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.
So‘rovnomada asosiy e’tibor, davlat soliq xizmati organlarining asosiy faoliyat yo‘nalishlari, shu jumladan, so‘ngi yillarda davlat soliq xizmati organlarida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga ta’siri, ko‘rsatilayotgan interaktiv davlat xizmatlari, yoshlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish, yurtimizda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilari uchun yaratilgan shart-sharoitlar shuningdek, respondentlarning korrupsiyaning oldini olish borasidagi taklif-mulohazalarini o‘rganishga qaratilgan.
So‘rovnoma natijalari, Siz bildirgan taklif va mulohazalar umumlashtirilib kamchiliklarni bartaraf etish, faoliyatni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi. Shunday ekan, Davlat soliq qo‘mitasining www.soliq.uz sayti orqali o‘tkazilayotgan ijtimoiy so‘rovnomada faol ishtirok eting!