O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Respublika “Kitob bayrami”

2017-05-25

Respublikamiz aholisining, ayniqsa yosh avlodning ma’naviy va intellektual ehtiyojlarini qondirishda kitobning o‘rni va ahamiyatini yanada oshirish maqsadida O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda 2017 yilning 25-27 may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlar markazlarida hamda Toshkent shahridagi G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida “Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” shiori ostida an’anaviy Respublika “Kitob bayrami” o‘tkazilmoqda.

Mazkur tadbirda adabiy-badiiy, ijtimoiy-siyosiy hamda ensiklopedik yo‘nalishdagi kitoblar taqdimoti, noshir va mualliflar, adib va shoirlar, kitob grafikasi rassomlarining kitobxonlar bilan bevosita ijodiy uchrashuv-muloqotlari, mushoiralar, sovrinli intellektual viktorinalar, shuningdek, “Kitobsevarlarni qutlaymiz!” nomli konsert dasturlari o‘rin olgan.

26 may kuni “Kitob – millatning bebaho madaniy va ma’naviy merosi” mavzuidagi V ilmiy-amaliy konferensiya ham o‘tkazilmoqda.

Barcha kitobsevarlarni Respublika “Kitob bayrami”ga lutfan taklif etamiz!

Ma’lumot uchun telefon - 244 -12- 61

Поделиться