O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Tanlov!
2017-05-16
Davlat bojxona qo‘mitasi Markaziy apparati xodimlariga ajratilgan kompyuter, nusxa ko‘chirish va boshqa idoraviy texnikalariga 2017 yil iyun-dekabr oylarida texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini tashkil qilish bo‘yicha o‘tkazilayotgan tanlovda g‘olib tashkilotni aniqlash maqsadida, o‘z tijorat takliflaringizni quyidagi shartlar asosida DBQga taqdim etishingizni so‘raymiz:
№ |
Texnika vositasining nomi |
Soni |
1. |
Kompyuter texnikasi |
350 |
2. |
Printer |
278 |
3. |
Nusxa ko'paytirish qurilmasi (А3) |
25 |
4. |
Ko'p qurilmali funksiya (MFU) |
30 |
Tanlov tijorat takliflari bilan qo‘shimcha taqdim etilishi talab etiladigan hujjatlar:
1. Tanlov ishtirokchisi to‘g‘risida ma’lumotnoma;
2. Yuridik shaxsni ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida guvohnoma nusxasi;
3. Kompyuter, nusxa ko‘chirish va boshqa idoraviy texnikalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini tashkil qilishga ruxsat etilganlik to‘g‘risida litsenziya nusxasi;
4. Tijorat taklifini taqdim etish bo‘yicha so‘ngi muddat 2017 yilning 24 may 17:00;
5. To‘lov sharti: oldindan to‘lov 15%, korxona tomonidan har oyda ko‘rsatilgan xizmatlar (fakt) asosida qolgan 85%.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon: 120-76-00 (ichki 58-97)