O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Matbuot anjumani

2017-01-18

Toshkent shahar hokimligida 2014 yil 5 maydagi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni hamda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” davlat dasturi ijrosini ta'minlash maqsadida 2017 yilning I-yarmida Toshkent shahar hokimligi tizimidagi bosh boshqarma, boshqarma va tashkilot rahbarlari ishtirokida o'tkaziladigan matbuot anjumanlari rejasi tasdiqlandi.

Unga ko'ra, joriy yilning 25 yanvar kuni tashkil qilinadigan matbuot anjumani “Toshshahartransxizmat” aktsiyadorlik kompaniyasi faoliyatiga bag'ishlanadi. Tadbirda poytaxtda transport xizmatini amalga oshirishda xizmat ko'rsatish madaniyatini oshirish yo'lidagi choralardan tortib qatnovlarning davriyligiga rioya etishga erishish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar, kadrlar tayyorlash borasidagi tajribalar, ishonch telefonlariga murojaatlar bo'yicha ishlash tartiblari, yo'lovchi tashish narxlarini belgilash tamoyillari, transport tizimining texnikalar bilan ta'minlanishi borasidagi rejalargacha batafsil axborot beriladi.

Bugungi kunda aholi uchun dolzarb bo'lgan masalalar yuzasidan sohada faoliyat yuritayotgan mutasaddilardan bevosita ma'lumot olish imkonini beruvchi matbuot anjumanlariga mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalari vakillarini taklif etamiz va e'tiboringizga rejani havola qilamiz:

  1. “Toshshahartransxizmat” AK - 25.01.2017 y.
  2. “Mahalla” jamg'armasi xayriya jamoat fondi Toshkent shahar bo'limi - 01.02.2017 y.
  3. O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent shahar boshqarmasi  - 15.02.2017 y.
  4. Binolardan foydalanish departamenti - 01.03.2017 y.
  5. Toshkent shahar Hududiy kommunal foydalanish birlashmasi,   “Toshissiqquvvati” ishlab chiqarish birlashmasi, “Suvsoz”- 15.03.2017 y.
  6. Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi - 29.03.2017 y.
  7. Toshkent shahar Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi,Toshkent shahar Er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi - 12.04.2017 y.
  8. Toshkent shahar Sog'liqni saqlash bosh boshqarmasi -  26.04.2017 y.
  9. Toshkent shahar IIBB YHXB boshqarmasi - 10.05.2017 y.
  10.  Toshkent shahar Mehnat boshqarmasi - 24.05.2017 y.
  11. Toshkent shahar Elektr tarmoqlari korxonasi -  07.06.2017 y.
  12.  Toshkent shahar XUJMSh uyushmasi - 21.06.2017 y.
  13.   Savdo, xizmat ko'rsatish sohasi va xalq iste'moli mollari ishlab chiqarish departamenti - 05.07.2017 y.
  14.  Toshkent shahar hokimligining Jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar majmuasi - 19.07.2017 y.
  15.  Toshkent shahar Adliya boshqarmasi - 02.08.2017 y.
  16.  “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi - 16.08.2017y.

Поделиться