O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Mehnat vazirligida ochiq Hay’at majlisi o‘tkaziladi
2017-01-16
Hurmatli fuqarolarimiz, tadbirkorlarimiz, ommaviy axborot vositalari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari diqqatiga !
2017-yilning 17-yanvar (seshanba) kuni Mehnat vazirligi faoliyatining 2016-yil yakunlari hamda 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida belgilangan ustuvor vazifalar, jumladan, 2017-yil aholi bandligi dasturi ijrosini ta’minlashga bag‘ishlangan kengaytirilgan Hay’at majlisi o‘tkaziladi (video selektor tarzida)
Ushbu majlisga taklif etilganlar quyidagi studiyalarda qatnashishi belgilangan:
Vazirlik studiyasida: Hay’at a’zolari va markaziy apparatida boshqarma (bo‘linma)lari boshliqlari va mas’ul xodimlari hamda tasarrufiy tashkilotlar rahbarlari;
Hududiy viloyat studiyalarida: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat bosh boshqarmalari boshliqlari hamda ularning o‘rinbosarlari, tarkibiy bo‘lim (bo‘linma) boshliqlari va mas’ul xodimlari, tuman (shahar) BKM direktorlari va ularning o‘rinbosarlari, markaz mas’ul xodimlari va mahalla inspektorlari hamda mehnat organlaridagi virtual qabulxonalari Shtab a’zolari qatnashishi belgilangan.
Xay’at majlisida quyidagi masalalar ko‘rib chiqilida:
1). 2016 yilda mehnat organlari faoliyatining asosiy yakunlari, 2017-yilning ustuvor vazifalari, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi, ayniqsa kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bandligini ta’minlash, mehnat huquqlari va mehnat muxofazasini ta’minlash bo‘yicha asosiy natijalar, muammolar va vaziflar;
2). ”Sog‘lom ona va bola yili” davlat dasturini ijrosi;
3). Vazirlik tizimida ijro intizomi nazoratini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasidan kelib tushayotgan murojaatlarni ko‘rib chiqilishida rahbar xodimlarning mas’uliyati to‘g‘risida;
4). Vazirlik tizimida kadrlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi to‘g‘risid
5). Boshqa masalalar.
O‘tkaziladigan Hay’at majlisiga ishtirok etish istagini bildirgan ommaviy axborot vositalari vakillari quyidagi telefon nomeri + 998 71 239-42-51 (faks) yoki press@mehnat.uz orqali murojaat qilishlari so‘raladi !
Akreditatsiyadan o‘tgan jurnalistlar murojaatsiz qatnashishlari mumkin !