O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Soliq to‘lovchi yuridik va jismoniy shaxslar diqqatiga!

2016-10-20

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan 2016 yil 15 oktyabr - 1 noyabr kunlari jamoatchilik fikrini o‘rganishga qaratilgan ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

So‘rovnomada asosiy e’tibor, davlat soliq xizmati organlarining asosiy faoliyat yo‘nalishlari, shu jumladan, so‘ngi yillarda davlat soliq xizmati organlarida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga ta’siri, ko‘rsatilayotgan interaktiv davlat xizmatlari, yoshlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish, yurtimizda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilari uchun yaratilgan shart-sharoitlar shuningdek, respondentlarning korrupsiyaning oldini olish borasidagi taklif-mulohazalarini o‘rganishga qaratilgan.

So‘rovnoma natijalari, Siz bildirgan taklif va mulohazalar umumlashtirilib kamchiliklarni bartaraf etish, faoliyatni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

Shunday ekan, Davlat soliq qo‘mitasining my.soliq.uz portali hamda www.soliq.uz sayti orqali o‘tkazilayotgan ijtimoiy so‘rovnomada faol ishtirok eting!

Поделиться