O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Portaldagi o'zgarishlar

Yangi sahifa ishga tushdi

28.07.2016Portaldagi o'zgarishlar

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish orqali korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish maqsadida Hukumat Portalida yangi “Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid normativ-huquqiy hujjatlar” bo‘yicha alohida sahifa ishga tushdi. Mazkur sahifa orqali foydalanuvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.03.2016 yildagi "Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 62-sonli qarori, Birlashgan Millatlar Tashkilotining "Korrupsiyaga qarshi konvensiya"si kabi normativ – huquqiy hujjatlar bilan tanishish imkoniyati taqdim etiladi.

Davlat organlarining elektron pochtalari sahifasi yaratildi

21.07.2016Portaldagi o'zgarishlar

Mazkur sahifada barcha davlat va xo‘jalik boshqaruv organlarining elektron pochta manzillari taqdim etilgan.

Yangi havola ishga tushdi

10.04.2016Portaldagi o'zgarishlar

Hukumat Portalida 2016 yil “Sog‘lom ona va bola yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan yangi “Onalik va bolalikni muhofaza qilish, ayollar manfaatlarini himoya qilishga doir normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati” ga havola ishga tushdi. Mazkur havola orqali foydalanuvchilar e’tiboriga 90 dan ortiq normativ – huquqiy hujjatlar ro‘yxati taqdim etiladi.

Hukumat Portalida yangi “O‘z kuchini yo‘qotgan hujjatlar” sahifasi ishga tushdi

10.03.2016Portaldagi o'zgarishlar

Mazkur sahifada foydalanuvchilar e’tiboriga o‘z kuchini yo‘qotgan normativ – huquqiy hujjatlar ro‘yxati taqdim etiladi, hozirgi kunda foydalanuvchilar uchun mazkur sahifa orqali so‘ngi 3 oy ichida o‘z kuchini yo‘qotgan normativ – huquqiy hujjatlar bilan tanishish imkoniyati yaratilgan. 

E’lonlar

25.12.2015Portaldagi o'zgarishlar

Hukumat portalida mamlakatimizdagi eng dolzarb ma’lumotlar va e’lonlarni yoritib borishga mo‘ljallangan "E’lonlar" rukni ishga tushirildi.

Ko‘p beriladigan savollar vidjeti bilan qo‘shildi

13.11.2015Portaldagi o'zgarishlar

Qoraqalpoq tilida barcha davlat organlari kiritildi

18.08.2015Portaldagi o'zgarishlar

Vazirlik va idoralarning ishonch telefonlari

15.07.2015Portaldagi o'zgarishlar

Foydalanuvchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida vazirlik va idoralarning ishonch telefon raqamlari sahifasi kiritildi.

Hukumat portali qoraqalpoq tilida

27.05.2015Portaldagi o'zgarishlar

Hukumat portalining qoraqalpoq tilidagi talqini ishga tushirildi.

2 ta yangi video

22.05.2015Portaldagi o'zgarishlar

"Videogalereya" sahifasida uch tilda 2 ta yangi video (“Sharq gavhari” va “Zamonaviy uy-joy qurilishi”) joylashtirildi.