O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hukumat tarkibidagi o'zgarishlar

Pavel Ismailovich Ergashev Mudofaa vazirining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi - Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimiga tayinlandi

05.09.2017Hukumat tarkibidagi o'zgarishlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-sentabrdagi PQ-3251-son qaroriga muvofiq Pavel Ismailovich Ergashev Mudofaa vazirining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi - Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimiga tayinlandi.
 

Berdiyev Kabul Raimovich O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi

04.09.2017Hukumat tarkibidagi o'zgarishlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-sentabrdagi F-5040-son farmoyishiga muvofiq Berdiyev Kabul Raimovich O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Azizov Abdusalam Abdumavlanovich O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri lavozimiga tayinlandi

04.09.2017Hukumat tarkibidagi o'zgarishlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-sentabrdagi PF-5179-son farmoniga muvofiq Azizov Abdusalam Abdumavlanovich O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri lavozimiga tayinlandi.

Berdiyev Kabul Raimovich O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri lavozimidan ozod etildi

04.09.2017Hukumat tarkibidagi o'zgarishlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-sentabrdagi PF-5178-son farmoniga muvofiq Berdiyev Kabul Raimovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri lavozimidan ozod etildi.

Po‘lat Razzaqovich Bobojonov O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri lavozimiga tasdiqlandi

04.09.2017Hukumat tarkibidagi o'zgarishlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-sentyabrdagi PF-5183-son farmoniga muvofiq Po‘lat Razzaqovich Bobojonov O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri lavozimiga tasdiqlandi. 

Ilgizar Matyakubovich Sabirov Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

04.09.2017Hukumat tarkibidagi o'zgarishlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 4 sentyabrdagi PF-5182-son farmoniga muvofiq Ilgizar Matyakubovich Sabirov Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Otajonov Nodir Sobirovich - O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlandi

23.08.2017Hukumat tarkibidagi o'zgarishlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 avgustdagi PF-5161 sonli farmoniga muvofiq Otajonov Nodir Sobirovich - O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, “O‘zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi – Tashqi iqtisodiy faoliyat, eksport salohiyati, mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksining rahbari lavozimiga tasdiqlandi.

Rozukulov Ulug‘bek Ubaydullayevich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

23.08.2017Hukumat tarkibidagi o'zgarishlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 avgustdagi PF-5160 sonli farmoniga muvofiq Rozukulov Ulug‘bek Ubaydullayevich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi - Eksport salohiyatini va mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksining rahbari lavozimidan ozod etildi.

Saxib Ismailovich Saifnazarov O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

17.08.2017Hukumat tarkibidagi o'zgarishlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3222-son qaroriga muvofiq Saxib Ismailovich Saifnazarov O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Maxmud Shuxratovich Istamov O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

15.08.2017Hukumat tarkibidagi o'zgarishlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-avgustdagi PQ-3208-son qaroriga muvofiq Maxmud Shuxratovich Istamov O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Siyosiy-huquqiy masalalar xizmatining sud-huquq sohasidagi qonunchilik sho''basi rahbari lavozimidan ozod etildi.