O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Hukumat tarkibidagi o'zgarishlar
17.02.2017Hukumat tarkibidagi o'zgarishlar 2017-yil 17-fevraldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2788-son qaroriga muvofiq Kadirov Maxamatnosir O‘ktamovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etildi. |
09.02.2017Hukumat tarkibidagi o'zgarishlar 2017-yil 9-fevraldagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 67-son qaroriga muvofiq Abdullayev Abduxashim Abdullayevich - "O‘zkimyosanoat" aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvining raisi lavozimiga tasdiqlandi.
|
09.02.2017Hukumat tarkibidagi o'zgarishlar 2017-yil 9-fevraldagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 63-son qaroriga muvofiq Bakiyev Fazliddin Xayriyevich - "O‘zeltexsanoat" aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvining raisi lavozimiga tayinlandi. |
03.02.2017Hukumat tarkibidagi o'zgarishlar 2017 yil 2 fevraldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4943-son farmoniga muvofiq Shermatov Sherzod Xotamovich - O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi lavozimiga tasdiqlandi, shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. |
03.02.2017Hukumat tarkibidagi o'zgarishlar 2017 yil 2 fevraldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4942-son farmoniga muvofiq Mirzaxidov Xurshid Mirsabirovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimidan ozod etildi. |
17.01.2017Hukumat tarkibidagi o'zgarishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 yanvardagi PQ-2729-son Qarori bilan Shohruh Shoturg‘unovich Sharahmetov O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavomiziga tayinlandi. |
11.01.2017Hukumat tarkibidagi o'zgarishlar 2017-yil 11-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4930-son farmoniga muvofiq Bexzod Sadikovich Yuldashev O‘zbekiston Respublikasn Fanlar akademiyasining prezidenti lavozimiga tasdiqlandi. |
11.01.2017Hukumat tarkibidagi o'zgarishlar 2017-yil 11-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4925-son farmoniga muvofiq Turayev Botir Eshboyevich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etildi. |
05.01.2017Hukumat tarkibidagi o'zgarishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-yanvardagi Farmoni bilan Davletov Ruslanbek Quroltayevich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat maslaxatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. |
Azizov Abdusalam Abdumavlanovich O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri lavozimiga tasdiqlandi 03.01.2017Hukumat tarkibidagi o'zgarishlar2017-yil 3-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4913-son farmoniga muvofiq Azizov Abdusalam Abdumavlanovich O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri lavozimiga tasdiqlandi. |