O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

VIII “Ibn Sino o‘qishlari”

2015-11-20

2015 yilning 20-21 noyabr kunlari Buxoro shahrida “Ibn Sino ilmiy merosi va zamonaviy tibbiyotning dolzarb muammolari” mavzusida VIII “Ibn Sino o‘qishlari” xalqaro ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tadi.

Anjuman O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ibn Sino jamoat fondi, YuNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy Komissiyasi, Buxoro davlat tibbiyot instituti hamkorligida tashkil etilmoqda.

Anjumanda mamlakatimiz olimlari bilan bir qatorda, Shveytsariya, Ukraina, Frantsiya, Isroil, Hindiston, Turkiya kabi xorij davlatlaridan tashrif buyurgan shifokorlar va yosh olimlar ishtirok etadi. Tadbir davomida kardiologiya, xalq tabobati, jigar kasalliklarida transplantatsiya kabi zamonaviy tibbiyotning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan mahorat darslari, seminarlar va davra suhbatlari tashkil etilishi ko‘zda tutilmoqda.

An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Ibn Sino o‘qishlari” xalqaro ilmiy-amaliy anjumanidan ko‘zlangan asosiy maqsad Ibn Sino ilmiy merosi asosida tibbiyot fani yutuqlarini o‘rganish va kelajakda ushbu ilmiy merosni tibbiyotning dolzarb muammolarini hal etishda keng tatbiq etish hisoblanadi.

Поделиться