O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

«UZAGROEXPO-2015» XI Xalqaro Qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasi

2015-11-25

25-27 noyabr kunlari «O‘zekspomarkaz»ning 1-pavilonida «UZAGROEXPO-2015» XI Xalqaro Qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Shu munosabat bilan «UZAGROEXPO-2015» ko‘rgazmasining o‘tkazilishi alohida dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ushbu ko‘rgazma loyihasi qishloq xo‘jaligi sohasida har yili yuz beradigan eng yirik voqealardan biri hisoblanadi. Ko‘rgazma loyihasi amalga oshirilishining o‘n bir yillik tarixi ularning dolzarbligini va mamlakatimiz bozori uchun ijtimoiy ahamiyatga egaligini tasdiqlab turibdi.

Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining eng ustuvor va ahamiyatli yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘i aholini zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan, sanoatning turli tarmoqlarini esa xomashyo bilan ta’minlaydi. Yirik mexanizatsiyalashgan tarmoq sifatida qishloq xo‘jaligi respublikamiz iqtisodiyotida katta rolь o‘ynaydi.

Agrar sohadagi keng ko‘lamli islohotlar, fermerlik harakatini yo‘lga qo‘yish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash qishloqda mulkdorlar yangi sinfini shakllantirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifatini oshirishning muhim omili bo‘lib xizmat qiladi.

Ko‘rgazmani o‘tkazishda rasmiy va tashkiliy ko‘mak quyidagilar tomonidan ko‘rsatiladi: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi; Toshkent shahri hokimligi; O‘zbekiston Respublikasi Savdo-Sanoat Palatasi; O‘zbekiston Respublikasi Fermerlar kengashi; O‘zbekiston Respublikasi Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari uyushmasi.

Поделиться