O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligi

2015-11-09

2015 yil 9-13 noyabr kunlari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot-kutubxona xaftaligi o‘tkaziladi.

Milliy axborot-kutubxona haftaligining asosiy maqsadi- axborot madaniyatini yuqori darajaga ko‘tarish hamda respublika milliy madaniy merosini asrash, mutolaaga bo‘lgan mehrni oshirish, axborot-kutubxona foydalanuvchilariga internet orqali xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini oshirish, yangi zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish kabi ilmiy bilimlarni ommalashtirish, aholining turli qatlamlariga xizmat ko‘rsatishni tashkil etishda kutubxonalarning ijtimoiy-madaniy rolini oshirishdan iboratdir.

Haftalik doirasida 30 dan ziyod tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda:

Kasbga oid tadbirlar (“Foydalanuvchilarning axborot madaniyatini va media savodxonligini shakllantirishda axborot-kutubxona muassasalarining roli” mavzusida “Betgerxonlik-2015” davra suhbati, “Axborot-kutubxona muassasasining eng yaxshi mutaxassisi-2015” tanlovi);

Taqdimotlar: Alisher Navoiyning “Xamsat ul-mutaxayyiriyn” asarining akademik Aziz Qayumov va professor Dinara Azimovalar tomonidan badiiy tarjimasi “Pyateritsa izumleniy” kitobi, san’atshunoslik fanlari nomzodi Nigora Karimovaning “Muqaddima” loyihasi, Ozarbayjon yozuvchisi Yunus Oguzning “Malika va jodugar” kitobining o‘zbek tiliga tajimasi;

Ijodiy uchrashuvlar: xalqaro musiqa tanlovlari g‘oliblari Sardor Milano va Sabina Mustaeva, rassom Alisher Aliqulov, “Jahon adabiyoti” jurnali tahririyati bilan;

jamoat, yoshlar, xalqaro va ijtimoiy tashkilotlar (AQSh elchixonasi, Koreya Respublikasi elchixonasi, Fransiya elchixonasi, Britaniya kengashi, Toshkentdagi Gyote instituti) taqdimotlari;

Kitob-rasmli ko‘rgazmalar: O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kitob muzuyida kutubxonaning145 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi musiqa fondida saqlanuvchi nodir gramplastinkalar ko‘rgazmasi, Fanlar akademiyasining xorijiy adabiyotlar ko‘rgazmasi, kutubxona o‘qish zallarida yangi adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmasi, nashriyotlar va kitob savdosi tashkilotlarining mahsulotlari yarmarkasi;

3-sinf o‘quvchilari uchun axborot madaniyati va mediasavodxonlik bo‘yicha mahorat darsi;

Tanlovlar: Toshkent shahri umumta’lim maktablari 5-6-sinf o‘quvchilari uchun adabiy viktorina, Toshkent shahri musiqa kollej va litseylari o‘quvchilari uchun musiqiy viktorina, Xalqaro yoshlar kuniga bag‘ishlangan “Bugunning yoshlari” foto tanlovi g‘olibini aniqlash, “Biz kitobni sevamiz!” mavzusida bolalar rasm tanlovi yakunlari (Rus madaniyat markazi bilan hamkorlikda);

“Naqqoshlik”, “Gilamdo‘zlik”, “Kashtachilik” xalq amaliy hunarmandchiligi yo‘nalishlari bo‘yicha treninglar va mahorat maktablari;

kutubxona kinomarkazida badiiy va hujjatli filmlar namoishi;

kutubxona bo‘ylab mazuli ekskursiyalar;

kutubxonaning yangi a’zolarini ro‘yxatga olishda lotereya o‘tkazish.

Поделиться