O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Turkiy tilli yoshlar” xalqaro festivali

2023-07-11

Joriy yil 11-15-iyul kunlari Qoʻqon shahrida “Turkiy tilli yoshlar” xalqaro festivali boʻlib oʻtadi.

Festival doirasida kitobxonlik kuni, milliy va etnosport turlari boʻyicha sport musobaqalari, madaniy-koʻngilochar tadbirlar, yoshlar bilan taniqli teatr va kino ijodkorlarining ijodiy muloqotlari ham tashkil etiladi.

Tadbir Fargʻona viloyati hokimligi, Madaniyat va turizm vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Xalqaro Turkiy madaniyat tashkiloti — TURKSOY bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Asosiy tadbirlar Qoʻqon universiteti hududida boʻlib oʻtishi rejalashtirilayotgan xalqaro festivalga Respublikamizning barcha hududlaridan, shuningdek, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston va Turkiyadan jami 200 nafardan ziyod faol yoshlar va talabalar taklif etilgan.

Festival doirasida kitobxonlik kuni, milliy va etnos port turlari boʻyicha sport musobaqalari, madaniy-koʻngilochar tadbirlar, yoshlar uchun biznesni tashkil qilish, hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash boʻyicha davra suhbatlari, yoshlar bilan taniqli teatr va kino ijodkorlarining ijodiy muloqotlari ham tashkil etiladi.

Manba: «Yangi O"zbekiston»

Поделиться