O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sayyohlik faoliyati subyektlari va marketologlar uchun seminar

2015-10-06

Joriy yilning 6-oktabr kuni “O'zekspomarkaz” Milliy ko'rgazma majmuasida “Ipak yo'lida sayyohlik” XXI Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi doirasida Germaniya sayyohlik va hududlararo rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi Ayke Otto rahbarligida “Mahalliy kompaniyalarning xorijiy xalqaro sayyohlik ko‘rgazmalaridagi ishtirokining samaradorligi” mavzusida amaliy seminar bo’lib o’tadi

Mazkur tadbirni o’tkazishdan ko’zlangan maqsad, sayyohlik sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlar tajribasini oshirish va tizimlashtirish, turoperatorlar faoliyatida yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf etish, xalqaro ko‘rgazmalarda yuksak natijalarga erishish uchun strategiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Seminar doirasida sayohlik ko’rgazmalariga tashrif buyurgan ishtirokchi va mexmonlarga samarali xizmat ko’rsatish bo’yicha yangi xodimlarni ishga olish va ularga bu sohada ma’lumot berishga doir masalalar muhokama qilinishi rejalashtirilgan bo’lib, sayyohlik paketlarini sotish va sotib olish ko’lamini yanada oshirish maqsadida xalqaro ko’rgazmalarning imkoniyatlaridan unumli foydalanish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Поделиться