2023-05-15
Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh Assambleyasining 1993-yil 20-sentabrdagi yalpi yig‘ilishida 1994-yildan boshlab 15-may kunini- Xalqaro oila kuni deb belgilangan.
Bugungi kunda xalqaro oila kunini keng nishonlash mamlakatimizda ham an'ana tusiga kirib ulgurgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-3808-son qaroriga muvofiq, 15-may har yili Xalqaro oila kuni sifatida respublika bo‘ylab keng nishonlanishi belgilab qo‘yildi.
Xalqaro oilalar kunini o‘tkazishdan maqsad jahon hamjamiyati diqqatini oilaviy qadriyatlarga va oila instituti bilan bog‘liq muammolarga qaratishdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son Farmoniga binoan «Oila muqaddas» degan ezgu g‘oyani targ‘ib qilish, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitini yaxshilashga ko‘maklashish maqsadida 15-may — Xalqaro oila kunini «Oila muqaddas» shiori ostida keng nishonlashni tashkil etish va o‘tkazish belgilangan.