O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
ShHTga a’zo davlatlar tashqi iqtisodiy hamda tashqi savdo faoliyatiga mas’ul vazirlar majlisi
2015-09-16
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri o‘rinbosari Shavkat To‘laganov boshchiligidagi delegatsiya 2015-yilning 16-sentabr kuni Sian shahrida (Xitoy) bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning Tashqi iqtisodiy hamda tashqi savdo faoliyatiga mas’ul vazirlarining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.
Majlisda ShHT doirasida ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirishning hozirgi holati va istiqbollari, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston Hukumat rahbarlari (bosh vazirlari) kengashining bo‘lajak yig‘ilishiga tayyorgarlik jarayoni hamda umumiy kun tartibining boshqa masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.