O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

YeTTB Boshqaruvchilar kengashining 32-yillik yig‘ilishi

2023-05-16

O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki va O‘zbekiston o‘rtasida YeTTB Boshqaruvchilar kengashining 32-yillik yig‘ilishini joriy yil 16-18-may kunlari Samarqand shahrida o‘tkazish to‘g‘risida O‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi

Imzolangan hujjat bankka aʼzo 73 ta davlatdan 1 ming 500 dan ortiq mehmon ishtirok etadigan YeTTBning yillik yig‘ilishi va biznes-forumga tayyorgarlik ko‘rish, tadbirlarni o‘tkazish va yoritish bo‘yicha har bir tomonning aniq tashkiliy vazifalarini belgilaydi. Bunday yuqori darajadagi tadbirning o‘tkazilishi O‘zbekistonning jahon investitsiyaviy hamjamiyatidagi obro‘sini oshirishga ijobiy taʼsir ko‘rsatishi, shuningdek, ishbilarmon doiralar vakillariga mamlakatimizning iqtisodiy, sarmoyaviy, sanoat va ishlab chiqarish salohiyati, boy madaniyati bilan batafsil tanishish imkonini berishi kutilmoqda.

Tadbirning asosiy mavzusi iqtisodiyot barqarorligiga sarmoya kiritish bo‘ladi. Yig‘ilish davomida bankka aʼzo mamlakatlar duch kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishga qaratilgan panel muhokamalari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Biznes-forumda makroiqtisodiy vaziyat, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishda xususiy sektor va davlatning roli, hududlararo munosabatlar, iqtisodiy integratsiya, oziq-ovqat xavfsizligi, raqamlashtirish va boshqa ko‘plab masalalar yuzasidan ekspertlar ishtirokida muhokama qilinadi.

Maʼlumot uchun: Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki 1991-yil 28-martda tashkil etilgan. Bosh qarorgohi Londonda joylashgan. O‘zbekiston 1992-yil 30-apreldan buyon bankning aʼzosi hisoblanadi. Bankning Toshkent shahrida vakolatxonasi 1993-yil may oyida, Andijon shahrida – 2019-yil oktabrda, Urganch shahrida – 2021-yil iyun oyida ochilgan.

YeTTB yig‘ilishini Samarqandda o‘tkazish uchun ariza O‘zbekiston tomonidan 2019-yilda taqdim etilgan. O‘sha yilning o‘zida YeTTB delegatsiyasi yillik yig‘ilishni mamlakatimizda o‘tkazish imkoniyatini ijobiy baholagan.

 

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться