O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

UzEnergyExpo-Energetika hamda UzStroyExpo-Qurilish xalqaro ko‘rgazmalari

2015-09-16

“O‘zekspomarkaz”da bir yo‘la ikkita ixtisoslashgan xalqaro ko‘rgazma – “UzEnergyExpo – 2015” hamda “UzPromStroyExpo – 2015” ochiladi.

Mamlakatimizda elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmini oshirish, yangi quvvatlarni ishga tushirish borasida katta muvaffaqiyatlarga erishilmoqda. Xususan, energiya tejash, yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, energiya ishlab chiqarishdagi yangi texnologiyalarni joriy etish, qayta tiklanadigan energetikani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotir. Shu maqsadda shamol, quyosh, gidroenergetika kabi tiklanadigan energiya manbalari rivojini va quyosh-issiqlik elektrostantsiyalarini joriy qilish borasida investitsiya dasturlari amalga oshirilmoqda.

«O‘zekspomarkaz» MKK AJ 1-pavilonida bo‘lib o‘tadigan mazkur xalqaro sanoat ko‘rgazmalarida bu yil Belarus, Germaniya, Italiya, Eron, Xitoy, Rossiya, Turkiya, O‘zbekiston, Ukraina, Janubiy Koreyadan 60 dan ziyod kompaniyalar ishtirok etadi.

UzEnergyExpo-2015. Energetika. Energiyani tejash. Yoritish. Elektrotexnika X- Xalqaro ko‘rgazmasida tashrif buyuruvchilar e’tiboriga elektr energetikasi sohasi uchun eng zamonaviy uskunalar, texnologiyalar va xizmatlarning to‘liq ko‘lami taqdim qilinadi.

Ko‘rgazmada xalqaro va mahalliy energetika kompaniyalari; elektr energiyasi uskunalari, texnologiyalar va xizmatlarning xalqaro ishlab chiqaruvchilari va etkazib beruvchilari; energetika ob’ektlarida servis xizmat ko‘rsatishni taqdim qiluvchi korxonalar; injiniring va konsalting kompaniyalari ishtirok etadi.

UzStroyExpo-2015. Qurilish. Isitish. Ventilyatsiya. Quvurlar va fitinglar V-Xalqaro ko‘rgazmasi qurilish sanoatida hozirgi iqtisodiy vaziyat bilan bog‘langan mutlaqo o‘zgacha mavqeini kasb etadi.

Bu yili UzStroyExpo ko‘rgazmasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot bo‘yicha ishtirokchilarning keng tarkibiga ega.

Поделиться