O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Samarqandda 7–8-oktabr kunlari Xalqaro gastronomik festival bo‘lib o‘tadi

2022-10-07

2022-yilning 7-8-oktabr kunlari Samarqand shahrida Xalqaro gastronomik festival bo‘lib o‘tadi. Festivalga tashrif buyurganlar mazali taomlar va bayram tomoshalaridan bahramand bo‘lishadi.

Tadbir tashkilotchilari: Turizm va madaniy meros vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi va O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi.

Festivaldan ko‘zlangan maqsad mamlakatimizning gastronomik salohiyatini keng targ‘ib qilish, gastronomik turizm yo‘nalishida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, milliy pazandalik an’analarini ommalashtirish orqali sayyohlar oqimini ko‘paytirishdan iborat.

Musobaqada xorijiy davlatlar va O‘zbekiston Respublikasining har bir viloyatidan kelgan oshpazlar jamoalari, xorijiy mamlakatlardan kelgan sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi umumiy ovqatlanish korxonalari oshpazlari ishtirok etadi. 

Festival yakuniga qadar hakamlar hay’ati tayyorlangan taomlarga baho beradi va g‘olib oshpazlar aniqlanadi.

Manzil: Islom Karimov ko‘chasi
Kirish bepul.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться