O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro investitsiya forumi

2015-11-05

2015-yil 5-6-noyabr kunlari Toshkent shahrida Xalqaro investitsiya forumi bo'lib o'tadi

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – O‘zbekiston Respublikasida xususiylashtirish davlat dasturiga kiritilgan yetakchi korxonalarni taqdim etish va ularni ishlab chiqarishning modernizatsiyalanishi va texnologik yangilanishini ta’minlash, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh bo‘lgan mahsulotlarning ishlab chiqarilishini tashkil etish, shuningdek zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini joriy qilish imkoniyatiga ega strategik chet el investorlariga sotuvga chiqarishdir.

Forumda O‘zbekiston Hukumati a’zolari, vazirlik va idoralari rahbarlari, rasmiy xorijiy delegatsiyalar, yetakchi chet el kompaniyalari, investitsiya fondlari va banklari, shuningdek Jahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Osiyo taraqqiyot banki va shu kabi boshqa xalqaro moliya muassasalari rahbarlari ishtirok etadi.

Tadbir dasturidan plenar yig‘ilishlar, yirik chet el investorlarining O‘zbekistonda biznes yuritish tajribasiga oid ma’ruzalari, iqtisodiyotning turli yo‘nalishlari bo‘yicha seksiyaviy yig‘ilishlar va ular doirasidagi xususiylashtirish uchun taklif etilayotgan ob’ektlar taqdimoti, korxonalarga tashrif, shuningdek tadbirning biznes sohaga doir qismini to‘ldirish maqsadida ko‘hna Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlari ziyoratini o‘z ichiga olgan madaniy dastur o‘rin olgan.

Xalqaro investitsiya forumi chet el investorlarining o‘zaro manfaatli ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishi, istiqbolli va tezkor sur’atlarda rivojlanib borayotgan O‘zbekiston bozorida yangi imkoniyatlarni ochishiga xizmat qiladi.

Tadbirda ishtirok etish uchun www.investuzbekistan.uz veb-saytidagi ro‘yxatga olish shaklini to‘ldirib taqdim etish lozim. Forum to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot va strategik chet el investorlariga taklif etilajak O‘zbekiston Respublikasi korxonalariga oid materiallar ham mazkur saytdan o‘rin olgan.

Поделиться