O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

15-oktabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni

2022-10-15

Joriy yilda tumandagi 36 ta fermer xoʻjaliklari tomonidan 632 gektar yer maydoniga chigit ekilib, yuqori hosil yetishtirildi.

BMT Bosh Assambleyasining 2007-yil 18-dekabrdagi “Qishloq hududlarida ayollarning ahvolini yaxshilash” toʻgʻrisidagi rezolyutsiyasiga asosan 15-oktyabr Xalqaro qishloq ayollari kuni deb eʼlon qilingan.

BMT mazkur kunda qishloq hududlarida istiqomat qiluvchi ayollarning muammolariga eʼtibor qaratishga, xususan, ularning taʼlim olishi, mehnat qilishi, farovon turmush kechirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish,   zoʻravonlik va tazyiqdan himoyalash, gender tenglikni taʼminlashga chaqiradi.

Shu munosabat bilan “Oʻzagroinspeksiya”ning Samarqand viloyat boshqarmasi va tumanlar boʻlimlari tomonidan “Xalqaro qishloq ayollari kuni”ga bagʻishlangan mazmunli tadbirlar tashkil etilib, yuqori saʼviyada oʻtkazilmoqda.

Xalqaro ayollar kuni maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlari davomida qishloq xoʻjaligining rivojlanib borishi, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, qishloqlarning obodligi va farovonligini oshirishda ayollarning qoʻshayotgan hissasi va oʻrniga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Shunday tadbirlardan biri Samarqand viloyatining olis Nurobod tumani paxta dalalarida boʻlib oʻtdi. Joriy yilda tumandagi 36 ta fermer xoʻjaliklari tomonidan 632 gektar yer maydoniga chigit ekilib, yuqori hosil yetishtirildi. Yetishtirilgan hosilni nes-nobud qilmasdan yigʻishtirib olish, tayyorlov korxonalariga 1 ming 229 tonna sifatli paxta xom ashyosi topshirish yuzasidan terim otryadlari tashkil etilgan boʻlib, yigʻim-terimda mahallalardagi aholining uyushmagan qatlamidan iborat terimchilar ishtirok etishmoqda.

Xalqaro qishloq ayollari kuni munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirda tumandagi Nurbuloq Muqobil mashina traktor parki hududida joylashgan “Fayzi” fermer xoʻjaligi aʼzolari, ilgʻor terimchilar ishtirok etishdi.

Bayram tantanasida “Oʻzagroinspeksiya”ning Nurobod tuman boʻlimi hamda “Fayzi” fermer xoʻjaligi tomonidan mavsumda faollik koʻrsatgan ayollarga qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.

Tuman madaniyat boʻlimining xushovoz xonandalari tomonidan ijro etilgan jozibali kuy-qoʻshiqlar tadbirga oʻzgacha joziba bagʻishladi. 15-oktyabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni tadbirlari davom etmoqda, deb xabar beradi “Oʻzagroinspeksiya”ning Samarqand viloyat boshqarmasi axborot xizmati.

Manba: «Yangi O"zbekiston»

Поделиться