O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

AKT haftaligiga taklif etamiz!

2022-10-24

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligiga oz fursatlar qoldi.

Chet ellik hamkorlaringizni tadbirlarga taklif qilsangiz, ular nafaqat AKT yangiliklari bilan bo‘lishish, balki Samarqandni ko‘rish uchun qo‘shimcha imkoniyatga ham ega bo‘lishadi!
 

ICTWEEK UZBEKISTAN haftaligi tadbirlarida ma'ruzachi, tinglovchi, mehmon sifatida qatnashish – mutlaqo bepul.
 
ICTWEEK UZBEKISTAN tadbirlaridan birining ishtirokchisi bo‘lish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish majburiydir. Ro‘yxatdan muvaffaqiyatli o‘tilgach, siz QR-CODE olasiz, u ro‘yxatga olinganlik va sizni tadbir hududida bo‘lishingiz uchun ishtirokchilar bazasiga kiritish tasdig‘i bo‘ladi.
 
Diqqat! QR-CODE ICTWEEK UZBEKISTAN tadbirlariga kirish uchun mo‘ljallangan. “O‘zekspomarkaz” MKM hududida ICTWEEK UZBEKISTANga aloqasi bo‘lmagan boshqa tashkilotchilar o‘tkazadigan boshqa tadbirlar uchun bu QR-CODE va olingan beyj o‘tmaydi! Pavil'onga kirish uchun QR-CODEingiz kirishda hisobga olinadi. Sizning QR-CODEingiz hisobga olinishi uchun uni qog‘ozga chiqarilgan holda yoki elektron tashuvchida ko‘rsatish, shuningdek o‘sha joyda mehmon beyjigini olish kerak. Forumga kirish uchun QR-CODE yordamida olingan beyjni hisobga olish uchun ko‘rsatish zarur.
 
ICTWEEK UZBEKISTAN SUMMIT
Sammitning bosh maqsadi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasining joriy yildagi rivoji yakunlarini chiqarish, tarmoq oldida turgan strategik vazifalarni muhokama qilish sanaladi.
 
ICTWEEK UZBEKISTAN SUMMIT — O‘zbekiston IT-sohasi natijalari va istiqbollarini muhokama qilish maydonchasi. Tadbirlar plenar majlislar shaklida o‘tadi.
 
Sammitda aloqa va axborot texnologiyalari sohasidagi davlat boshqaruvi organlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari, xalqaro ekspertlar va tahlilchilar, xalqaro IT-kompaniyalar vakillari qatnashadilar.
 
Ishtirok etish uchun bu yerda ro‘yxatdan o‘tish kerak.
 
DIGITAL EURASIA FORUM
DIGITAL EURASIA FORUM — bu axborot texnologiyalari sohasidagi zamonaviy tendensiyalarga oid masalalarni muhokama qilish uchun noyob ekspert maydonchasidir.
 
Forum mamlakat axborot texnologiyalari tarmog‘ining rivojlanishiga qaratilgan strategik yechimlar va dasturlarni ishlab chiqishga ko‘maklashadi. Forumda ziddiyatlar tahlili o‘tkaziladi, rivojlanish salohiyati va uni amalga oshirish imkoniyatlari baholanadi.
 
ICTWEEK Uzbekistan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida ICTFORUM 2015- yildan buyon o‘tkaziladi. Avvallari ICTWEEK Uzbekistan umumiy g‘oya asosida birlashgan, lekin har biri o‘z uslubiga ega qator mustaqil tadbirlardan iborat bo‘lardi. ICTWEEK Uzbekistanning yangi formati barcha ixtisoslashgan tadbirlarni birlashtirdi.
 
Forumning panel' muhokamalari mamlakat axborot texnologiyalar tarmog‘ining rivojlanishiga yo‘naltirilgan strategik yechimlar va dasturlarni ishlab chiqishga xizmat qiladi. Forumda ziddiyatlar tahlili o‘tkaziladi, rivojlanish salohiyati va uni amalga oshirish imkoniyatlari baholanadi.
 
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi davlat boshqaruvi organlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari, xalqaro ekspertlar va tahlilchilar, yirik mahalliy va xorijiy IT-kompaniyalar vakillari qatnashish uchun taklif etilgan.
 
Forum dasturiy qo‘mitasi tarkibiga yetakchi IT-kompaniyalar vakillari, tarmoq ekspertlari va xorijiy ma'ruzachilar taklif qilingan. Agar forumni raqamlarda ifodalaydigan bo‘lsak, tadbirga har yili 500 dan ziyod kishi tashrif buyuradi, turli mavzular bo‘yicha 50 dan ziyod ma'ruzachi qiziqarli ma'ruzalar bilan qatnashadi. Forum ishtirokchilarining muloqoti blok konferensiyalar, seksiya majlislari, mahorat saboqlari va panel' muhokamalari ko‘rinishida o‘tadi. 2022-yildan boshlab Forum DIGITAL EURASIA FORUM nomi ostida o‘tadi.
 
Yetakchi IT-kompaniyalar vakillari va tarmoq ekspertlaridan tarkib topgan Forum dasturiy qo‘mitasi faqat yangi keysga ega dolzarb va qiziqarli ma'ruzalarni saralab oladi. Forum ishida qatnashish uchun xorijiy ekspertlar va ushbu sohada katta mehnat tajribasiga ega professionallar taklif etilgan.
 
Forumda qatnashish uchun saytning asosiy sahifasida ro‘yxatdan o‘tish kerak. Forumga kirish ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilar uchun ochiq.

Поделиться