O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent yana bir nufuzli anjumanga mezbonlik qiladi

2022-09-08

2022-yil 8-9-sentyabr kunlari poytaxtimizda Parlamentlararo ittifoqqa a'zo davlatlar parlamentlari ayol rahbarlarining 14-sammiti bo'lib o'tadi. 

"Parlament etakchiligi: barqarorlik va farovonlikni yanada samarali ta'minlashda xavf-xatarlarni baholash" mavzuida bo'lib o'tadigan sammit doirasida adolat, integratsiya va atrof-muhit muhofazasi, xotin-qizlarning reproduktiv salomatlik sohasidagi ehtiyojlari, pandemiyadan keyingi iqtisodiyotni tiklash, xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish singari masalalar muhokama qilinishi rejalashtirilgan. Shuningdek, sammit yakunida Toshkent deklaratsiyasini qabul qilish, ishtirokchilarning Samarqand shahriga tashrifini uyushtirish ko'zda tutilgan.

MDH mamlakatlari orasida O'zbekistonda ilk bor tashkil etilayotgan mazkur sammitda Parlamentlararo ittifoqqa a'zo davlatlar hamda hamkor xalqaro parlament tashkilotlarining ayol rahbarlari ishtirok etadi.

Eslatib o'tamiz, Parlamentlararo ittifoqqa a'zo davlatlar parlamentlari ayol rahbarlarining 14-sammitini Toshkentda o'tkazish kelishuviga 2021-yil sentyabr oyida Venada tashkil etilgan 13-sammit chog'ida erishilgan. O'shanda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva O'zbekistonning pandemiyadan keyingi davrdagi ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida xotin-qizlarning e'tiborini iqtisodiy rag'batlarga qaratib, ularning sohadagi ishtirokini qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish, grantlar, kreditlar ajratish, shuningdek, qizlar, ayollarni o'qitish va kasb-hunarlarga o'rgatish bo'yicha mamlakatimiz tajribasi haqida batafsil ma'lumot bergan edi. Shuningdek, respublikada xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirish borasidagi ishlar qayd etilgan.

Ma'lumot uchun aytish mumkin, Parlamentlararo ittifoq 200 ga yaqin mamlakatlarning parlamentlarini birlashtirgan bo'lib, muloqot uchun eng yirik maydon hisoblanadi. 

Manba: «Yangi O"zbekiston»

Поделиться