O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hamyurtlarimiz jahon chempionligi uchun kurash olib boradi

2022-08-24

Bugun, 24-avgust kuni Bosniya va Gersegovinaning Sarayevo shahrida o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati boshlanmoqda.

Dunyoning 61 ta davlatidan 500 nafarga yaqin dzyudochilar ishtirok etayotgan chempionatda Tohir Fayziyev bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi ham medallar uchun bahs olib boradi.

Kecha chempionat bahslari oldidan qur’a tashlash va mandat komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur nufuzli musobaqada yurtimizning 9 nafar o‘g‘il va 8 nafar qiz dzyudochilari qatnashmoqda.

Chempionat bahslari 27-avgustga qadar davom etadi.

Manba: O'zA

Поделиться