O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Afg‘onistonning tinchligi va barqarorligi yo‘lida

2022-07-25

Toshkent shahrida 25-26-iyul kunlari “Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.

 Mazkur anjumanni o‘tkazishdan quyidagi asosiy maqsadlar ko‘zlangan:

- Xalqaro hamjamiyatning Afg‘oniston yo‘nalishidagi sa’y-harakatini muvofiqlashtirish, ushbu mamlakatning iqtisodiy tiklanishi, afg‘on xalqiga shoshilinch gumanitar yordam ko‘rsatish bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqish;

- Afg‘oniston hukumati tomonidan jahon hamjamiyatining asosiy talablari bajarilishi (keng vakillik asosida hukumat tuzish, ayollar huquqi me’yorlariga rioya qilish, qizlarning to‘laqonli ta’lim olishini ta’minlash va hokazo) jarayonini tezlashtirish masalasida samarali xalqaro muloqotni yo‘lga qo‘yish. Bu Afg‘onistondagi milliy yarashuv jarayonini oxiriga yetkazishning asosiy sharti bo‘ladi;

- Afg‘oniston Muvaqqat hukumati tomonidan ushbu mamlakat hududidan qo‘shni va mintaqaning boshqa davlatlari hamda butun dunyo xavfsizligi manfaatiga qarshi foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha olingan majburiyatlarni tasdiqlash;

 - Afg‘onistonning chet eldagi moliyaviy aktivlariga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilish, shuningdek, mamlakat hududida transport-kommunikatsiya va energetika sohalarida turli infratuzilma loyihalarini amalga oshirish mumkinligini tushuntirishi.

Mazkur loyihalar amalga oshirilishi nafaqat minglab ish o‘rinlari yaratish, afg‘on jamiyati ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishga, balki Afg‘oniston zaminida uzoq kutilgan tinchlik, barqarorlik o‘rnatilishiga xizmat qiladi.

Manba: O'zA

Поделиться