O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Markaziy Osiyo - barqaror va izchil rivoj topayotgan mintaqa

2022-07-21

2022-yil 21-iyul kuni Cho‘lpon-Ota (Qirg‘iziston) shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining 4-sammiti bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda.

Oliy darajadagi anjumanda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Tokayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ishtirok etadi.

Maslahat uchrashuvlarini o‘tkazish tashabbusi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surilgan edi.

Davlat rahbarlarining birinchi sammiti 2018-yil mart oyida Qozog‘iston poytaxtida, ikkinchisi 2019-yilning noyabrida O‘zbekistonda, uchinchisi 2021-yil avgust oyida Turkmanistonda o‘tkazildi.

Mintaqa davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari mexanizmi Markaziy Osiyo davlatlarining umumiy dolzarb masalalarini ishonch asosida va konstruktiv muhokama qilish, ularni o‘zaro kelishilgan holda hal etish uchun samarali platforma sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Tarixan qisqa vaqt ichida Markaziy Osiyo jadal rivojlanayotgan savdo-sarmoyaviy va transport-kommunikatsiya salohiyatiga ega o‘zaro manfaatli hamkorlik maydoniga aylandi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Markaziy Osiyo mamlakatlarida sanoat kooperatsiyasi loyihalari amalga oshirilmoqda, qo‘shma sarmoyaviy kompaniyalar va jamg‘armalar tashkil etilmoqda, transport va tranzit sohasidagi hamkorlik kengaymoqda, transchegaraviy savdo va hududlararo aloqalar rivojlanmoqda. Madaniy-gumanitar hamkorlik, xalq diplomatiyasi va parlamentlararo aloqalar sezilarli darajada mustahkamlandi.

Bugungi kunda, hech shubhasiz, yuqori darajadagi konsolidatsiyaga erishildi. Bu Markaziy Osiyoni barqaror, iqtisodiy rivojlangan va farovon mintaqaga aylantirish jarayonini shakllantirish uchun zarur shart-sharoit yaratmoqda.

Ayni paytda davlat rahbarlarining tizimli muloqoti va birgalikdagi saʼy-harakatlari samarasida Markaziy Osiyo jahon hamjamiyati tomonidan barqaror va ishonchli sherik, izchil rivoj topayotgan makon sifatida qabul qilinmoqda.

Albatta, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlarining birlashuviga muhim hissa qo‘shmoqda. Davlatimiz rahbari 2016-yil Markaziy Osiyoni mamlakatimiz tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi deb eʼlon qildi hamda ko‘p tomonlama muloqotni mintaqaviy muammolarni konstruktiv hal qilish va umumiy farovonlik makonini yaratish uchun muhim shart sifatida ilgari surdi. Bunday nuqtai nazar qardosh xalqlarning tub manfaatlariga javob beradi va Markaziy Osiyoning barcha davlatlari tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Markaziy Osiyo davlatlarining xalqaro maydondagi muvofiqlashtirilgan saʼy-harakatlari nafaqat mintaqaning xalqaro mavqeini sezilarli darajada mustahkamlamoqda, balki uning manfaatlarini samarali ilgari surish va himoya qilishga xizmat qilmoqda.

Maslahat uchrashuvlarida davlat rahbarlari tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar o‘zaro qo‘llab-quvvatlanib, hayotga tatbiq etilmoqda. Ular Markaziy Osiyoda to‘laqonli erkin savdo rejimiga o‘tish, sanoat kooperatsiyasi, innovatsiyalar va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish orqali uzun qiymat zanjirlarini yaratish,  mintaqa mamlakatlarining transport-kommunikatsiya sohasidagi aloqalarini mustahkamlash, mavjud transport yo‘laklarining samarali faoliyatini taʼminlash va yangi transport yo‘laklarini shakllantirish, umumiy energetika makonini yaratish, iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlarini ekologiya talablariga javob berishini jadallashtirish asosida iqtisodiy hamkorlikning yangi modelini amaliyotga tadbiq etishga qaratilgan.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi mintaqa mamlakatlari va xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro ishonch munosabatlarini yana-da mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shadi, ko‘p tomonlama hamkorlikni mustahkamlashda muhim omil bo‘ladi, mintaqaviy munosabatlarni chuqurlashtirish va yana-da kengaytirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться