O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati xodimlari kuni

2022-06-12

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-sentyabrdagi PQ-4453-Qarorida iyun' oyining 2-yakshanbasi «O‘zbekiston Respublikasi to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati xodimlari kuni» deb belgilash va nishonlash bo‘yicha vazifalar berilgan.

«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tomonidan ushbu kunni keng nishonlash hamda sanoat korxonalari erishgan yutuqlar bilan tanishtirish maqsadida «To‘qimachilik yutuqlari haftaligi» e'lon qilinib, uning doirasida Respublikamizning to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida erishilgan natijalar, soha rivojiga o‘z xissasini qo‘shgan insonlar faoliyati bilan tanishtirib boramiz.
 
Shu bilan birga, barcha sanoat vakillarini ushbu aksiyaga qo‘shilib «To‘qimachilik va tikuv-trikotaj xodimlari kuni»ni keng nishonlashga chorlab qolamiz.
 
Korxonangiz yoki o‘zingiz erishgan yutuqlar aks etgan turli fotosuratlar, maqolalar, videoroliklar, tilaklar – barchasini OAV bilan ishlash bo‘limiga yuborishingiz yoki ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizda share qilishingiz mumkin!

Manba: O‘zto‘qimachiliksanoat

Поделиться