O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro arxivlar kuni

2022-06-09

Xalqaro arxivlar kengashi (ICA) tomonidan 2007-yil noyabr oyida Kvebek (Kanada)da o‘tkazilgan Bosh assambleyada 9-iyun – Xalqaro arxivlar kuni etib har yili nishonlash joriy etilgan.

Xalqaro arxivlar kengashi – jahon arxiv jamiyati tashkiloti bo‘lib, bugungi kunda 199 ta mamlakatdan 1900 ga yaqin a'zolariga (arxivlar) ega va ular tomonidan moliyalashtiriladi.
 
O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi 2009-yildan buyon Xalqaro arxivlar kengashi (ICA) YevroOsiyo hududiy bo‘linmasi a'zosi hisoblanadi.
 
Arxivlar kuni – bu nafaqat mazkur soha ishchilarining kasbiy bayramigina bo‘lmay, balki keng jamoatchilik va qaror qabul qiluvchi shaxslar e'tiborini arxiv ishi yutuqlari va muammolariga qaratadigan unutilmas sana hisoblanadi.
 
An'anaga ko‘ra, mazkur muhim kasb egalarining mashaqqatli mehnatini nishonlash niyatida, ushbu kunga turli mamlakatlarda arxiv ishining o‘rni va ahamiyatini targ‘ib qilish uchun turli xil bayram va ma'rifiy tadbirlar o‘tkaziladi.
 
 

Поделиться