O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

ShHT xalq diplomatiyasining Toshkent forumi

2022-05-11

2022-yil 11-12-may kunlari Toshkentda “Xalq diplomatiyasi – taraqqiyot yoʻlida oʻzaro hamjihatlik” shiori ostida Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning Xalq diplomatiyasi forumi boʻlib oʻtadi.

Tadbir Oʻzbekistonning ShHTga raisligi tashabbusida oʻtkaziladi.
 
Forumda ShHTga aʼzo davlatlar parlamentlari, xalqaro tuzilmalar, nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek, ilmiy-tahlil markazlari vakillaridan iborat 120 dan ortiq ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.
 
Forum avvalida ishtirokchilarga tabrik nutqlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Senati Raisi Tanzila Narbayeva, Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, ShHTning yaxshi qoʻshnichilik, doʻstlik va hamkorlik boʻyicha Xitoy qoʻmitasi raisi Shen Yueyue va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov soʻzga chiqadi.
 
Ikki yoʻnalishda boʻlib oʻtadigan yalpi majlisda – “Xalqaro hamkorlikda xalq diplomatiyasining oʻrni” va “Xalq diplomatiyasi – zamonaviy davlatlararo muloqotning muhim elementi: SHHTga aʼzo davlatlarning tajribasi” mavzularida ishtirokchilar “SHHT oilasi” mamlakatlari oʻrtasidagi koʻp qirrali aloqalarni mustahkamlash maqsadida xalq diplomatiyasi vositalaridan samarali foydalanish yoʻllarini muhokama qiladilar. 
 
Forum yakunlari boʻyicha ShHT xalq diplomatiyasining Toshkent kommyunikesini qabul qilish rejalashtirilgan.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться