O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Lazgi” xalqaro raqs festivali

2022-04-25

25-30 aprel kunlari Xorazm viloyatining Xiva shahrida “Lazgi” xalqaro raqs festivali bo‘lib o‘tadi. Yorqin tadbir  UNESCO,  Turizm va madaniy meros vazirligi, Madaniyat vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi va boshqa idoralar hamkorligida tashkil etilmoqda. Tadbirda 30 dan ortiq davlatdan mehmonlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Festival doirasida raqs san’atiga bag‘ishlangan ko‘rgazma pavilyonlari, milliy cholg‘u asboblari va liboslari, hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy san’at asarlari, haykaltaroshlik namunalari, badiiy va hujjatli filmlar, audio va video disklar, kitoblar, albomlar, fotosuratlar namoyishi hamda, ularni Ichan-qal'a majmuasi hududida savdo qilish tashkil etildi.

Eslatib oʻtamiz, “Lazgi” xorazm raqsi Oʻzbekiston madaniy merosining elementi sifatida Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ roʻyxatiga kiritilgan. Bu haqdagi qaror 2019-yil 12-dekabr kuni UNESCOning Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitasining 14-sessiyasida qabul qilingan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться