O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro hamshiralar kuni

2022-05-12

1974-yilda Xalqaro hamshiralar kengashi tashabbusi bilan hamshiralik sohasi asoschilaridan biri Florens Naytingeyl tavallud kuni munosabati bilan 12-may sanasi “Xalqaro hamshiralar kuni” sifatida yil taqvimiga muhrlangan.

Har yili 12-may – Xalqaro hamshiralar kuni sifatida butun dunyoda, shu jumladan, yurtimizda ham keng nishonlanadi. 
 
Birlashgan Millatlar Tashkilotining sog‘liqni saqlash sohasiga ixtisoslashgan nufuzli muassasasi bo‘lmish Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan hamshiralik sohasi asoschilaridan biri Florens Naytingeyl tavalludining 200 yillligi munosabati bilan 2020-yil «Xalqaro hamshiralik va akusherlik xizmati xodimlari» yili deb e'lon qilingan.
 
Har yili Xalqaro hamshiralar kengashi Xalqaro hamshiralar kuni mavzusi va shiorini belgilaydi, ushbu shior ostida ko‘plab mamlakatlarda konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari o‘tkaziladi. 
 
JSST hisobotiga ko‘ra, dunyoda 28 millionga yaqin hamshira bor va davlatlar uchun kamida 5,9 mln hamshira yetishmayapti.
 
Hisobotlarga ko‘ra, hamshiralar sog‘liqni saqlash sohasidagi eng yirik professional guruh bo‘lib, tibbiyot xodimlari umumiy sonining qariyb 59 foizini tashkil qiladi.
 
Pandemiya – tibbiyot xodimlari qanchalik muhim kasb egalari ekanliklari hamda ularning jamiyatdagi ahamiyatlari nechog‘lik muhim ekanligini ko‘rsatib qo‘ydi.
 
Biz tibbiyot xodimlari vakillari bo‘lmish hamshiralarning timsolida xalq salomatligi yo‘lida o‘z huzur-halovatidan kechib, kunni tunga ulab, fidokorona mehnat qilayotgan, bilimli, mohir, chaqqon, epchil, zukko bo‘lgan sharafli kasb egalarini ko‘ramiz.
 
O‘ttiz to‘rt milliondan ziyod xalqimiz orasida ularning beminnat xizmatiga ishi tushmagan odam bo‘lmasa kerak. Zero, hamshiralar doim tibbiyotning eng oldi saflarida faoliyat yurituvchi fidoyi mutaxassislardir. Tibbiy-ilmiy markazlardan tortib qishloq oilaviy poliklinikalari, qishloq vrachlik punktlarigacha bo‘lgan bo‘g‘inda tibbiy maslahat yoki yordam so‘rab kelgan insonlarga, eng avvalo, ular peshvoz chiqadi.
 
Shu kunda butun dunyoda yuzaga kelgan vaziyat yurtimizning har bir fuqarosi zimmasiga katta mas'uliyat yuklamoqda. Bu borada, tibbiyot xodimlarining xususan, hamshiralarning yelkasidagi yukning zalvori og‘ir.
 
Hech shubha yo‘qki, chin dildan va jonbozlik bilan mehnat qilib kelayotgan Siz, fidoyi yurtdoshlarimiz bugun butun salohiyat va tajribangiz, kuch va g‘ayratingizni ayamay, ana shunday ulkan va mas'uliyatli vazifalarni sharaf bilan munosib ado etishga qodirsiz. 
 
Sizlarga pandemiyani yengib o‘tishda kuch-quvvat hamda sabr va matonat tilaymiz. Shuningdek, Siz azizlarmizni qutlug‘ kasb bayramingiz bilan samimiy tabrik etib, barchangizga sihat-omonlik, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka yor bo‘lishini tilaymiz.

Поделиться