O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro qandli diabetga qarshi kurash kuni

2021-11-14

Respublikamiz mustaqillikka erishgandan buyon yurtimizda sog‘liqni saqlash sohasida samarali islohotlar amalga oshirildi.

O‘tgan davr mobaynida aholi salomatligini  saqlash, ayniqsa, onalik va bolalikni muhofaza kilish borasida Davlat dasturlari va o‘nlab Hukumat qarorlari qabul qilindi. Aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini  olib borish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish  borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bu ishlarni amalga oshirishda davlat tashkilotlari bilan bir qatorda nodavlat tashkilotlarining ham o‘z o‘rni bor.

Davlat dasturi doirasida "Sog‘lom avlod uchun" xalqaro xayriya fondi  bemor bolalar hamda kam taʼminlangan oila farzandlariga amaliy ko‘mak berish, moddiy va maʼnaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, oilada tibbiy madaniyatni oshirish, ayollar sog‘ligini mustahkamlash maqsadida qandli diabet bilan kasallangan bemor bolalar uchun bir qator xayriya ishlarini amalga oshirib kelmoqda. 

Maʼlumot o‘rnida shuni taʼkidlab o‘tish mumkinki, 1991-yildan beri “insulin” moddasining kashfiyotchisi Frederik Banting tavallud topgan sana (14-noyabr) “Xalkaro qandli diabetga qarshi kurash kuni” sifatida nishonlanadi. Umuman olganda, bu yangi kasallik emas. Qandli diabet kasalligi haqidagi maʼlumotlar miloddan avvalgi birinchi asrda Sels va Aret kabi yunon shifokorlarining qaydlarida uchraydi.

Ko‘p yillar davomida odamlar bu kasallik bilan qanday kurashishni bilmas edilar. “Qandli diabet” tashhisi bemorga nafaqat tuzalib ketishga, balki yashashga ham umid qoldirmas edi. 1922 yilning yanvar oyida kanadalik yosh olim Frederik Banting insulin moddasini inyeksiya qilib ushbu kasallikning og‘ir  formasi bilan xastalangan 14 yoshli bolaning hayotini saqlab qoladi. Insulin moddasiga patent olish o‘rniga Banting barcha huquqlarni Toronto universitetiga beradi. Keyinchalik barcha huquqlar Kanadaning tibbiyot tadqiqot Kengashiga beriladi va 1922 yil oxirida yangi dori vositasi sotuvga chiqadi. Garchi qandli diabet kasalligi bugungi kunda ham to‘liq davolanmasa-da, “insulin” moddasi yordamida bu kasallikni nazoratda ushlab turish mumkin. Bu kashfiyot millionlab insonlarning hayotini asrab qolishga imkon yaratdi.

Shuni alohida taʼkidlab o‘tish joizki, 14-noyabr” Xalqaro qandli diabetga qarshi kurash kuni”  munosabati bilan “Birgalikda kuchlimiz – hamjihatlikda kurashaylik” loyihasi doirasida Respublika buylab “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi  TIP brigadasi shifokorlari va  viloyat tibbiyot birlashmalari nevrolog, terapevt, pediatr, travmatolog mutaxassislari hamkorlikda Qandli diabet bilan nazoratda turuvchi bolalar va o‘smirlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi hamda homiylar tomonidan zarur dori-darmon, tibbiy anjomlar (insulin shprislari),  badiiy adabiyotlar esdalik sovg‘alari sifatida tarqatildi, fondning viloyat filiallarida bemor bolalarga va kattalarga dori vositalari (yurak-qon tomiri preparatlari, vitaminlar), oyoq kiyimlar, sanitar-gigiyenik vositalari sovg‘a tariqasida topshirildi.  

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi Qashqadaryo, Navoiy, Buxoro, Samarkand, Toshkent viloyati va Toshkent shahri hududiy filialari TIP brigadasi shifokorlari “Xalqaro qandli diabetga qarshi kurash kuni”  munosabati bilan  aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, “Diabetga o‘rin yo‘q”, “Diabetga qarshi  kurashaylik ” mavzularida  targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borishdi, qandli diabet kasalligining kelib chiqish sabablari va uning oldini olish yo‘llari haqida keng tushunchalar berishdi. Kasallikni erta aniqlash va davolash uchun vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tish muhimligini taʼkidlab o‘tildi. 

“Sog‘lom avlod uchun” fondi ushbu xayriya tadbirlarini amalga oshirishda yaqindan yordam bergan barcha tashkilot va homiylarga hamda ommaviy axborot vositalariga o‘z minnatdorchilini bildiradi.

Поделиться