O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qatag’on qurbonlarini yod etish kuni
2015-08-31
El-yurtimiz ozodligi va erkinligi yo’lida, xalqimizning qadr-qimmati, or-nomusini, milliy an’analarimiz va urf-odatlarimizni himoya qilishda, bosqinchi va yovuz kuchlarga qarshi mashaqqatli kurashlarda qurbon bo’lganlar xotirasi minnatdor avlodlar yodida abadiy saqlanib qoladi.
Mustabid tuzum davrida million-million begunoh insonlarning umri xazon bo’lganini, qancha-qancha oilalar xonavayron bo’lib, qancha-qancha go’daklar yetim qolganini tarix, bugungi va kelajak avlod hech qachon unutmaydi.
Xalqimizning ana shunday ming-minglab fidoyi va matonatli o’g’il-qizlarining xotirasini eslash, haqiqat va adolatni tiklash, zamondoshlarimiz, xususan, o’sib kelayotgan yosh avlod qalbi va ongida o’tganlar xotirasiga hurmat va ehtirom tuyg’usini tarbiyalash maqsadida:
- «Shahidlar xotirasi» xayriya jamg’armasi faollari, ijodkor ziyolilar, keng jamoatchilik vakillarining mamlakatimizda Qatag’on qurbonlarini yod etish kunini belgilash haqidagi taklifi ma’qullandi.
- Qatag’on qurbonlarini yod etish marosimi har yili 31 avgust kuni Mustaqillik bayrami arafasida poytaxtimiz Toshkent shahridagi «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuida o’tkazilishi belgilab qo’yildi.