O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Markaziy Osiyo dunyo sivilizatsiyalari chorrahasida” Xalqaro madaniyat forumi

2021-09-14

Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan, “Markaziy Osiyo dunyo sivilizatsiyalari chorrahasida” Xalqaro madaniyat forumi joriy yilning 14-15-sentabr kunlari Xiva shahrida oʻtkaziladi.

Forum doirasida bir qator tadbirlarning ham oʻtkazilishi belgilangan, xususan, Xiva shahrida TURKSOY tashkilotiga aʼzo davlatlar madaniyat vazirlarining navbatdagi majlisini oʻtkazish koʻzda tutilgan. Festivalda ishtirok etish uchun bugungi kunga qadar YUNESKO va Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha Islom tashkiloti (AYSESKO) kabi xalqaro tashkilotlardan ijrochilar, konferensiya ishtirokchilari, hakamlar hayʼati aʼzolari, Xalqaro tashkilotlardan faxriy mehmonlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari roʻyxatdan oʻtkazilgan.

Toshkent shahrida Oʻzbekiston madaniy merosini asrash, oʻrganish va targʻib qilish boʻyicha butunjahon jamiyatining V xalqaro kongressi, Xiva shahrida YUNESKO bilan hamkorlikda Madaniy meros masalalari boʻyicha xalqaro xalqaro maslahat qoʻmitasi kengashining yigʻilishi, Nukus shahrida “Arxeologiya va turizm; salohiyatni belgilash va merosni boshqarish” xalqaro arxeologiya konferensiyasi hamda II Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalini oʻtkazish belgilangan.

Manba: «Yangi O"zbekiston»

Поделиться