O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mintaqaviy hamkorlikning yangi bosqichi O‘zbekiston Respublikasi pragmatik tashqi siyosati natijasidir

2021-07-15

Markaziy Osiyo–asrlar davomida umumiy madaniy makongaega yagona organizm. Yagona tarix, tillarning o‘xshashligi, umumiyurf-odatlar va qadriyatlar kelajakni birgalikda va o‘zaro hamkorlikdaqurish uchun keng imkoniyatlarni yaratadi. ShavkatMirziyoyev.

Avval xabar qilinganidek, 15-16-iyul kunlari Toshkentda “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi. Mazkur forum oldidan Markaziy Osiyo xalqaro instituti eksperti tomonidan mintaqaviy hamkorlikning yangi bosqichi, uni yuzaga keltirgan asosiy omillarva mustahkamlash istiqbollari haqida maqola e’lon qilinmoqda.

Prezidentimiz ShavkatMirziyoyev boshchiligida olib borilayotgan yangi mintaqaviy siyosat natijasida Markaziy Osiyodao‘zaro hamkorlikyanada faollashdi.Ana shu sharoitda “davlatlararo munosabatlardagi ijobiy o‘zgarishlar qay darajada barqaror va uningdavomiyligiga qanday omillar va shart-sharoitlar yordam beradi?" qabilidagi savollarga javob izlash dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Ma’lumki, Markaziy Osiyohamkorligi O‘zbekistonning ochiqlik va xayrixohlikka asoslangan pragmatik mintaqaviy siyosati tufayli prinsipial jihatdan yangi bosqichga ko‘tarildi. O‘tgan besh yil davomidamintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish borasida tom ma’noda tarixiy natijalarga hamda o‘zaro aloqador jarayonlarni rivojlantirishga erishildi.

Tahlillar ko‘rsatadiki, Markaziy Osiyo davlatlari mustaqillikka erishganidan so‘ng, mintaqada turli integratsion loyihalar amalga oshirilgan.Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati, Markaziy Osiyo hamkorlik tashkiloti va Markaziy Osiyo ittifoqi kabi tashkilotlar shular jumlasidan.Biroq, ayrim to‘siq va kamchiliklartufayli mazkur tashkilotlar faoliyatiuzoqqa cho‘zilmadi.

Birinchidan, Markaziy Osiyo mamlakatlarida 1990-yillar boshidamilliy davlatchilikni shakllantirish ustuvor hisoblangan.Ikkinchidan, mustaqillikning dastlabki yillarida mintaqa davlatlari o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi keskin pasayishi va iqtisodiy aloqalarning zaiflashuvi natijasida xorijiy davlatlar bilan sheriklik munosabatlarini o‘rnatish siyosati ustunlik qildi.Uchinchidan, siyosiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha davlatlarning shakllanishi davrida islohotlarning turli modellari va sur’atlari yuzaga keldi.

Ammo, mintaqaviy hamkorlikka to‘sqinlik qiluvchiushbu sabablar vaqtinchalik edi. Shu nuqtai nazardan,“Markaziy Osiyo” toponimi turli  tarixiy davrlarda turlicha foydalanilgan bo‘lsa-da, avvalo geografik, etnomadaniy va siyosiy jihatdan, mintaqa rivojlanish davrida hech qachon davlatlararo munosabatlarni cheklovchi chegaralar mavjud bo‘lmagan.

Jumladan, mintaqa xalqlarining ko‘p asrlik tarixi, madaniyati, dini va tili, umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligi davlatlararo yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarga yakdil javob qaytarish, ularni hal etishning samarali yo‘llarini aniqlash va birgalikda taraqqiyotga intilishuchun muhim asos yaratadi.

Ko‘plab xorijiy ekspertlar mintaqaviy hamkorlikning ahamiyatini yuqori baholaydi.Ularning fikricha,yagona tarix, geografikbog‘liqlik, mushtarak madaniyat va dinkabi omillarmintaqa davlatlarining turli xatar va tahdidlarga qarshibirgalikda kurashishda o‘zaro hamkorlikning muqarrarligi va ustuvorligini belgilab berdi. 

Markaziy Osiyo davlatlari o‘z siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‘lini, turli tashqi siyosiy-iqtisodiy ustuvor yo‘nalishlarini tanlab olgan bo‘lsa-da, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va energetika sohalaridagi ko‘p yillik aloqalar, shuningdek, muntazam ravishdazamonaviy xatarva tahdidlarni bartaraf etish ularni doimo birlashtirib kelgan.

Mintaqaviy hamkorlikka ko‘maklashuvchi asosiy omillar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin.

1. Xalqlarning yagona tarixiy-madaniy merosi. Barchamizga ma’lumki, Markaziy Osiyo jahon miqyosidagi yirik savdo yo‘llari chorrahasida joylashganbo‘lib, azaldan madaniyat va sivilizatsiya aloqalarida muhim o‘rin tutib kelgan. Qadimda Buyuk ipak yo‘li (miloddan avvalgi II asr – milodiy XV asr) xalqaro transport yo‘lagi sifatida nafaqat Osiyo va Yevropa o‘rtasidagi savdo aloqalarini, balki qit’alar va mamlakatlar o‘rtasida axborot va sivilizatsion muloqot almashuvini ta’minlab, yangi texnologiyalar va innovatsiyalar, qishloq xo‘jaligi madaniyati, madaniy qadriyatlar hamdatexnologik almashinuv uchun ham qulay sharoit yaratgan.

Zamonaviy Markaziy Osiyo mintaqasidagi geografik xilma-xillik, ko‘p millatlilik, ko‘p tillik, etnik va bag‘rikenglik kabi xususiyatlar turli elatlar va bir-biriga chambarchas bog‘langan madaniy aloqadorlik, mintaqaning o‘ziga xos xususiyatlarni belgilab berdi.

2. Transport-kommunikatsiya va energetika infratuzilmasini rivojlantirish salohiyatining mavjudligi. Transport-kommunikatsiya vaenergetika sohasidagi aloqalarni takomillashtirish hamda tranzit salohiyatinioshirish masalasi mintaqa davlatlarini birlashtiruvchi ustuvor vazifalardan hisoblanadi. Ahamiyatli jihati shundaki, Markaziy Osiyo yana bir bor G‘arb va Sharq o‘rtasidagi asosiy transport markaziga aylanishi mumkin.Bunda transport-kommunikatsiya salohiyatining ahamiyati quyidagi omillar bilan belgilanadi: geoiqtisodiy (global iqtisodiy markazlar o‘rtasidagi bog‘lovchi aloqa), geosiyosiy (transport yo‘laklari barqarorligi va xavfsizligi), infratuzilma (transport tarmog‘ining yuqori o‘tkazuvchanligi va nisbiy rivojlanishi), texnologik (yuklanmaydigan texnologiyalar va logistika xizmatlaridan foydalangan holda) omillar.

3. Mintaqaviy xavfsizlikka umumiy tahdid va xatarlar. Markaziy Osiyodavlatlarixavfsizlik nuqtai nazaridan umumiy tahdid va xavf-xatarlarga ega. Shu bois ular o‘zaro va ko‘p tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish borasida ko‘plab maqsadli harakatlarni amalga oshirmoqda. Jumladan,mintaqa davlatlari o‘rtasida xavfsizlik, barqarorlik va rivojlanishning muhim sharti sifatida BMT, SHHT, MDH, YeXHT kabi xalqaro tuzilmalar doirasida o‘zaro yaqin aloqalar o‘rnatildi.

Ishonch bilan aytish mumkinki, Markaziy Osiyo davlatlarini zamonaviy xavf va tahdidlarga qarshi turish zarurati birlashtiradi. Bungaesa  mintaqa davlatlarining faol ishtiroki orqalierishish mumkin.

Bularning barchasi Markaziy Osiyoni hamkorlik va taraqqiyot mintaqasiga aylantirib, o‘zaro aloqalarni mustahkamlash yo‘lida muhim poydevor yaratmoqda. Ta’kidlash joizki, Sh.Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidenti etib saylanganidan so‘ng, Markaziy Osiyoda mintaqaviyhamkorlikning yangi bosqichi boshlandi. Ayniqsa, davlatlararo munosabatlar butunlay yangi bosqichda rivojlanmoqda. Bunda O‘zbekistonning quyidagi omillar bilan tavsiflangan konstruktiv va amaliy siyosati yordam berdi.

Avvalo, mintaqa mamlakatlari avvalgi tajribalardan tegishli saboq chiqardi.Unga ko‘ra turli mintaqaviy tuzilmalar birlashtiruvchi omil vazifasini o‘tamasdan, aksincha o‘zaro hamkorlikka o‘ziga xos to‘siq bo‘ldi. 

Shu tufayli Markaziy Osiyo davlatlari taraqqiyotning muhim masalalari bo‘yicha hamjihatlikda ishlash uchun doimiy muloqot maydonini yaratishga kelishib oldi. Bu mintaqada qandaydir yangi xalqaro tashkilotni shakllantirish yoki o‘z Nizomiga ega bo‘lgan va davlat organlaridan yuqori turuvchi integratsiya tuzilmasini yaratish shart emasligidan kelib chiqiladi.

Natijada, O‘zbekiston tashabbusi bilan Markaziy Osiyodavlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvini doimiy o‘tkazish bo‘yicha muhim kelishuvga erishildi. Birinchi va ikkinchi maslahat uchrashuvlari Nur-Sulton va Toshkent shaharlarida bo‘lib o‘tdi.

Ikkinchidan, mintaqaviy hamkorlikning yangi bosqichi mintaqadagi barcha mamlakatlar tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Uchinchidan, mintaqaviy hamkorlikning faollashuvi Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidabarqaror va izchil o‘sishni ta’minlashdaeng avvalo mintaqa darajasida samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirish muhimligini anglashi natijasidir. Shu sababli, mintaqaviy hamkorlikning hozirgi holati dunyodagi geosiyosiy jarayonlarga javob sifatida emas, balki yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro ishonch, barcha muammoli masalalarni oqilona kelishuvlar asosida hal etish natijasida yuzaga keldi.

Shuning uchun ham, mintaqaviy hamkorlik istiqbollariga oid pessimistik qarashlar asossiz hisoblanadi. Bu borada Yevropa Ittifoqi, ASEAN, Shimoliy Kengash kabi integratsiya tuzilmalari modellarini o‘z taraqqiyot yo‘liga ega Markaziy Osiyo bilan solishtirish mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. 

Ingliz olimi Luiza Fosettning fikriga ko‘ra, Markaziy Osiyoda mavjud hamkorlik aloqalari "yumshoq mintaqalashuv" ta’rifiga  mos keladi. Uning fikricha, bu yerda norasmiy me’yorlar, tartib-qoidalar va shakllar muvaffaqiyatlihamkorlikni amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, o‘zaro muloqot maydonchalarini yaratish, ko‘plab norasmiy uchrashuvlarni o‘tkazish va turli sohalar bo‘yicha shartnomalarni imzolash mintaqaviy hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga ko‘maklashuvchi o‘zaro aloqa normalari ishlab chiqilishiga xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan, mintaqa davlatlari XXI asrda Markaziy Osiyoda do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik to‘g‘risida besh tomonlama hujjat ishlab chiqilayotgani g‘oyat ahamiyatlidir.

Mazkur format samaradorligini so‘nggi yillarda mintaqada erishilgan makroiqtisodiy natijalar ham ko‘rsatadi: savdo aylanmasi hajmining sezilarli darajada o‘sishi, tashqi investitsiyalar va sayyohlar oqimi keskin ortishi shular jumlasidan. Xususan, 2019-yilda Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi savdo hajmi qariyb 7,1 milliard dollarni tashkil etib, 2018-yilga nisbatan (5,9 milliard dollar) 20 foizga o‘sdi.

Bundan tashqari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda ham shunday holatni kuzatish mumkin. Ma’lumotlarga qaraganda, Markaziy Osiyo davlatlarida 2019-yilda qariyb 37,6 milliard dollarto‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilgan bo‘lsa,  bu 2016-yilga nisbatan (26,7 milliard dollar) 40 foizga ko‘pdir. Shu bilan birga, 2019-yilda sayyohlar oqimi 18,4 million nafarni tashkil etib, bu 2016-yilga nisbatan ikki barobar yuqori ko‘rsatkichdir. 

Bundan tashqari, mintaqa davlatlari yuqori darajadagi hamkorlikni namoyish etib, turli masalalarda bir-birini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Masalan, koronaviruspandemiyasi boshlanganda mintaqa mamlakatlari o‘rtasida yaqin hamkorlik, xususan, sog‘liqni saqlash sohasida ma’lumotlar almashuvi faollashgani, transport, oziq-ovqat xavfsizligi va chegaralarni kesib o‘tish bo‘yicha harakatlar muvofiqlashuvi kuzatildi. Qolaversa, mamlakatlar bir-biriga dori-darmon, tibbiy va shaxsiy gigiyena vositalari ko‘rinishidagi insonparvarlik yordamlarini jo‘natdi. Bu borada strategik qarorlar qabul qilinib, kasallikning avj nuqtasi va o‘sishining oldini olish, shuningdek, pandemiyaning iqtisodiyotga salbiy oqibatlarini minimallashtirish chora-tadbirlari ko‘rildi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2020-yilda YAIMningQozog‘istonda2,6 foiz va Qirg‘izistonda 8,6 foiz pasayishi kuzatildi. Mintaqaning qolgan mamlakatlaridao‘sish sur’atisaqlanib qoldi (O‘zbekistonda – 1,6 foiz, Tojikistonda – 5,4 foiz,Turkmanistonda – 5,8 foiz). O‘z navbatida, Jahon banki 2021-yilda Markaziy Osiyoda iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichi o‘rtacha3,7 foizgacha tiklanishini taxmin qilmoqda.

Bundan tashqari,O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmaniston Prezidentlarining 2020-yil oktyabr oyida Qirg‘izistondagi voqealar bo‘yicha qo‘shma bayonotiga alohida e’tibor qaratish lozim. Unda “Qirg‘iziston Respublikasining farovonligi, mintaqaviy xavfsizlik va butun Markaziy Osiyo mamlakatlari barqaror rivojlanishining muhim omili” ekani ta’kidlangan. “Yagona tarixga ega mamlakatlarimiz, endilikda umumiy kelajakni barpo etmoqda. Shu maqsadda, Markaziy Osiyo xalqlari tarixiy jihatdan kelajak avlodlar farovonligi yo‘lida tinchlik, totuvlik va bunyodkorlik istagi ila  birlashadilar”, deyiladi.

Markaziy Osiyoda yuzaga kelayotgan mintaqaviy hamkorlik modeli xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan atroflichamuhokama qilinmoqda, bu borada Markaziy Osiyo mamlakatlarining boy ijobiy tajribasini o‘rganish muhimligi qayd etilmoqda. 

BMT Bosh kotibining maxsus vakili, BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari N.Germanning so‘zlariga ko‘ra, "Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik tendensiyasi va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash, iqtisodiy jihatdan bir-birini to‘ldirish hamda davlatlarning madaniy va sivilizatsion yaqinligi sezilarli darajada oshmoqda. Hozir global pandemiya va koronavirus infeksiyasi tarqalishining davom etayotgani sababli, iqtisodiy turg‘un sharoitida, davlatlararo hamkorlik va ishonchning ijobiy dinamikasi strategik ahamiyatga molik tovarlar, oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar va tibbiyot anjomlari, energiya manbalari ko‘rinishidagi insonparvarlik yordami yetkazilishi uchun zarur va xavfsiz yo‘laklarni taqdim etishga imkon  yaratdi”.  Uning so‘zlariga ko‘ra, “ushbu murakkab davrda mintaqada mavjudbirdamlik, hamjihatlik ruhidagi an’analardan o‘rnak olsa arziydi".

bugungi kundaMarkaziy Osiyo mintaqasiningxalqaro munosabatlar sub’ekti sifatidagi ahamiyati tobora ortib bormoqda. Xususan, Rossiya, Xitoy, AQSH, Hindiston va Yevropa Ittifoqi kabi strategik hamkor davlatlar mintaqaviy jarayonlarni inobatga olgan holda, o‘zlarining tashqi siyosatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritmoqda. Misol uchun, Tashqi ishlar vazirlari darajasidagi muntazam uchrashuvlar, ya’ni “Rossiya – Markaziy Osiyo”, “Xitoy –Markaziy Osiyo”, “Hindiston – Markaziy Osiyo”, shuningdek, AQSHning Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus strategiyasi va Yevropa Ittifoqining Yangi Markaziy Osiyo strategiyasiqabul qilinishi buning yaqqol dalilidir. Mintaqaviy hamkorlik istiqbollarini tahlil qilish quyidagi xulosalarni chiqarish imkonini beradi: birinchidan, Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlik bu ortga qaytarib bo‘lmas jarayon;ikkinchidan,Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlik o‘z taraqqiyot yo‘liga ega; uchinchidan, Markaziy Osiyodagi o‘zaro hamkorlik nafaqat mintaqa davlatlari, balki xalqaro hamjamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Qolaversa, Markaziy Osiyoda hamkorlikning rivojlanishi transmintaqaviy aloqalarni yanada mustahkamlashga qulay sharoit yaratmoqda. Xususan, Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi transmintaqaviy hamkorlikni yanada kengaytirishdaavval foydalanilmaganulkan imkoniyatlar ochilmoqda. 2019-yil Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvi doirasida qabul qilingan Qo‘shma bayonot ushbu yo‘nalishdagi muhim yutuq bo‘lib, unda barcha davlatlarning Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni o‘rnatishga bo‘lgan qat’iy pozitsiyasi o‘z aksini topgan hamdaushbu diyorni Markaziy Osiyodagi savdo-iqtisodiy va infratuzilma loyihalariga jalb etish bo‘yicha sa’y-harakatlarning davom ettirish muhimligi alohida ta’kidlangan. 

Shu jihatdan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan "Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya mintaqalararo ko‘p qirrali hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, barqaror rivojlanishni ta’minlash, shuningdek, dolzarb masalalarga javob izlash va o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi, desak mubolog‘a bo‘lmaydi.

 

Manba: O'zA

Поделиться