O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi – so‘m muomalaga kiritilgan kun

2021-07-01

Qudratimiz va g‘ururimiz timsoli

1994-yil 1-iyuldan muomalaga kiritilgan milliy valyutamiz mamlakatimiz mustaqilligining asosiy belgilaridan biri va muhim rivojlanish omili bo‘ldi.

Milliy valyutadan hammamiz har kuni foydalanamiz. Uni ko‘rganda qalbimizda milliy g‘ururimiz jo‘sh uradi. Zero, pulimiz nafaqat mamlakatimiz iqtisodiy qudratining, balki xalqimiz ma’naviy, ma’rifiy va madaniy salohiyatining ko‘zgusidir. Uni qo‘liga olgan kishining qadim Samarqanddagi Registon maydoni, Tillakori, Sherdor madrasalari, Amir Temur maqbarasi kabi tarixiy obidalar, shuningdek, poytaxtimizdagi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi binosi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri, “Istiqlol” san’at saroyi, Amir Temurning ulug‘vor haykali tasvirlariga ko‘zi tushadi. Bu tasvirlar mamlakatimizning o‘ziga xos “tashrif qog‘ozi”ga aylangan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Поделиться