O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“INNOPROM” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi

2021-04-05

2021-yilning 5-7 aprel kunlari Toshkentda “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar markazi maydonida ilk bor “INNOPROM”.

O‘zbekistonda katta sanoat haftaligi” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Ko‘rgazmada va biznes-dasturda Armaniston, Belarus, Germaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, O‘zbekiston, Fransiya, Chexiya va Yaponiyaning 300 dan ortiq sanoat kompaniyalari va ishbilarmonlar delegatsiyalari ishtirok etadi. Tadbir Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan tashkil etilmoqda.
 
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – ishtirokchi mamlakatlar va kompaniyalar o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, sanoatni rivojlantirish va qo‘shma korxonalar tashkil etishning yangi imkoniyatlarini aniqlashdan iborat. Ko‘rgazmaning asosiy bo‘limlari: transport va energetika mashinasozligi, sanoat AT, shaharlar uchun texnologiyalar, tibbiy asbob-uskunalar va farmatsevtika, metallurgiya va materiallar, plastmassa va kauchuklar.
 
“O‘zbekiston mamlakatimiz uchun nafaqat eng muhim savdo-iqtisodiy hamkorlaridan biri. Bu mamlakat Rossiya kompaniyalari hozirgi kunda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yirik hamkorlik loyihalarini yaratayotgan va ularni kelgusida birgalikda amalga oshiradigan strategik hamkorimizdir. 300ta Rossiya kompaniyalarining “INNOPROM”. O‘zbekistonda katta sanoat haftaligi”da ishtirok etayotgani “Rossiyada ishlab chiqarilgan” belgisining yuqori sifat hamda ochiq va o‘zaro manfaatli munosabatlarga tayyorlikni anglatishini yana bir bor yaqqol tasdiqlaydi”, - deya ta'kidlaydi D.Manturov, Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vaziri.
 
Biznes dasturining birinchi kunida Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vaziri D.Manturov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov ishtirokida “Jahon sanoat ishlab chiqarish sohasi o‘sish drayverlarini aniqlamoqda” asosiy Strategik sessiyasi bo‘lib o‘tadi.
 
“O‘zbekiston va Rossiya turli sohalarda qo‘shma loyihalarning yirik to‘plamini amalga oshirmoqda. Hamkorligimizning muvaffaqiyati 2020-yilda pandemiyaga qaramay mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro savdo aylanmasi qariyb 6 mlrd dollarni tashkil etgani bilan tasdiqlanadi. Biz bu summani 10 mlrd dollargacha yetkazishni rejalashtirganmiz. O‘tkaziladigan sanoat ko‘rgazmasi yangi kooperatsiya loyihalarini shakllantirish va o‘zaro manfaatli shartnoma va bitimlarni imzolash uchun ajoyib platforma bo‘ladi”, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov.
 
“S-GROUP” Korporativ kommunikasiyalar markazi tomonidan milliy va hududiy darajadagi sog‘liqni saqlash organlari rahbarlari, shifokorlar hamda davlat va xususiy tibbiyot muassasalari boshliqlari, shuningdek, tibbiyot universitetlari talabalari ishtirokida 6 aprel' kuni tashkil etiladigan “Millat salomatligi” mavzusidagi dasturning bir qator tadbirlari allaqachon o‘zbek professional auditoriyasining katta e'tiborini o‘ziga tortdi.
 
7-aprel kuni davomida “INNOPROM” biznes dasturi “Oliy Iqtisodiyot maktabi” ITU ko‘magida o‘tadi va unda asosiy e'tibor O‘zbekistonning yirik universitetlari talabalari uchun ilg‘or sanoat ishlab chiqarishning eng dolzarb mavzularini yoritishga bag‘ishlangan tadbirlarga qaratiladi.
 
“Biz Rossiya va Yevropa sanoat kompaniyalarining O‘zbekiston bozoriga katta qiziqishini ko‘rib turibmiz, shuning uchun “INNOPROM” - ko‘p mamlakatlarda tanilgan 10 yillik tarixga ega global brendimiz nihoyat Toshkentga kelishi bejiz emas. Zero, O‘zbekiston o‘zining aqlli davlat boshqaruvi, yosh va bilimli inson kapitali, sifatli ishbilarmonlik muhiti bilan nafaqat Rossiya, balki butun jahon sanoati uchun yangi Eldorado hisoblanadi, - deya ta'kidlaydi Anton Atrashkin, “INNOPROM” dasturiy direktori.
 
Rasmiy sayt:
 
http://tashkent.bigindustrialweek.com
 
OAV ro‘yxatga olish uchun:
 
https://innoprom21.ruwidgets.ru/form/press
 
Ma'lumot uchun: “INNOPROM” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi
 
Rossiyaning “INNOPROM” sanoat ko‘rgazmasi 2010-yildan boshlab Yekaterinburgda har yili o‘tkazib kelinmoqda. Ko‘rgazma maydoni 50 000 kvadrat metr bo‘lib, u “Ekaterinburg EKSPO” xalqaro ko‘rgazmalar majmuasining 4 pavilonini egallaydi. Har yili ko‘rgazmada 600 tadan ortiq eksponentlar namoyish etiladi hamda dunyoning eng yirik kompaniyalar: «Siemens», «FANUC», «Mazak», «Rittal», «KUKA», «Yaskawa», «Volvo», «SAP», «Dassault Systemes», shuningdek, yetakchi Rossiya ishlab chiqaruvchilari – “Rostex” davlat korporatsiyasi, “Sinara” guruhi, ChQPZ, “Rosatom” davlat korporatsiyasi, UTMK, “SOLLERS”, “KAMAZ” va boshqalar ishtirok etadi. Ko‘rgazmaga har yili 70 mamlakatdan o‘rtacha 50 mingga yaqin mehmon tashrif buyuradi.
 
Ko‘rgazmaning asosiy bo‘limlari: avtomatika va robototexnika, mashinasozlik, metallga ishlov berish, additiv texnologiyalar, transport mashinasozligi, energetika, tibbiyot uskunalari.
 
Ko‘rgazma sayti https://expo.innoprom.com

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться