O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston-Britaniya kengashining 25-yig‘ilishi

2021-02-03

Joriy yilning 3-4 fevral kunlari videokonferensiya shaklida Savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston-Britaniya kengashining 25-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Kengash ikki mamlakat hukumat va ishbilarmon doiralarini birlashtiruvchi noyob platforma hisoblanadi.

Tadbir Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Xalqaro savdo vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Buyuk Britaniyaning O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi tomonidan tashkil etilmoqda.
 
Videokonferensiyada 40 dan ortiq ma'ruzachilar, jumladan, ikki mamlakat vazirlik va idoralari rahbarlari, shuningdek, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi va boshqa xalqaro moliya institutlari hamda taraqqiyot bo‘yicha hamkorlar rahbariyati vakillari ishtirok etadi.
 
Yalpi majlis bilan bir vaqtda Buyuk Britaniya va O‘zbekiston vakillari ishtirokida bir qator onlayn muzokaralar ham bo‘lib o‘tadi. Uning doirasida ikki tomonlama investitsiya va savdo-iqtisodiy hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.
 
Uchrashuvda Buyuk Britaniya delegasiyasiga Buyuk Britaniya savdo siyosati vaziri Greg Xends, O‘zbekiston delegasiyasiga – investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari L.Kudratov boshchilik qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov ham ishtirokchilarga qutlov so‘zi yo‘llashi kutilmoqda.
 
Ta'kidlash joizki, 2019-yilning dekabrida O‘zbekiston Respublikasi hamda Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi o‘rtasida Sheriklik va hamkorlik bitimining imzolanishi ikki mamlakat savdo-iqtisodiy aloqalarining rivojlanishi uchun kuchli turtki bo‘ldi. Bo‘lajak UBTIC uchrashuvi bitim kuchga kirganidan buyon ushbu shaklda o‘tkazilayotgan birinchi tadbir hisoblanadi.
 
So‘nggi yillarda Britaniya va O‘zbekiston kompaniyalari UBTIC faoliyatining ekologiya jihatidan toza energetika, moliyaviy xizmatlar, sog‘liqni saqlash va ta'lim sohalari kabi ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanishning to‘rtta asosiy yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlikni izchil oshirmoqda.
 
Onlayn konferensiya ishtirokchilari o‘zaro aloqa qilish uchun ma'lumotlar almashish va “B2B” formatida biznes-uchrashuvlar tashkil etish mumkin bo‘lgan maxsus platformadan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Konferensiyada qatnashish bepul.
 
Ishtirok etish istagida bo‘lganlar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari taklif etiladi:
 
https://mailchi.mp/eurasianinvestor/ubtic-registration-2021 

Поделиться