O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

«Tashkent Book Fest—2020» II Xalqaro ko‘rgazmasi

2020-12-16

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tashabbusi bilan manfaatdor vazirliklar va idoralar hamkorligida 16-18 dekabr kunlari  anʼanaviy «Tashkent Book Fest – 2020» II xalqaro ko‘rgazmasi o‘tkaziladi.

Tadbir Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan beshta tashabbus doirasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish va kitob mutolaasini yana-da rivojlantirish, nashriyot-matbaa sohasida tajriba almashish maqsadida  tashkillashtirilmoqda.

Koronavirus infeksiyasining global miqyosda tarqalishi oqibatida ko‘pgina davlatlar o‘rtasida aviaqatnovlar to‘xtatilgani, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan COVID-19 tarqalishining oldini olishga qaratilgan epidemiologik cheklovlar va tavsiyalarga muvofiq xalqaro ko‘rgazma tadbirlari onlayn shaklda tashkil etiladi.

Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi − kitob va mutolaani targ‘ib qilish, ishtirokchi davlatlarning adabiy merosini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, mutolaa madaniyatini shakllantirish, jahon noshirlik va matbaa sanoati tajribasini o‘rganishdan iborat.

Xalqaro tadbirda Buyuk Britaniya, Rossiya, Qozog‘iston, Isroil, Chexiya, Turkiya, Fransiya, Germaniya, Belgiya, Hindiston va boshqa davlatlarning  nashriyot va kitob savdo tashkilotlaridan  vakillar ishtirok etadi.

Ko‘rgazma nafaqat kitoblar namoyishi, balki soha xodimlari va ishtirokchilar uchun o‘zaro tajriba almashish, hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, zamonaviy texnologiyalar vositasida virtual makonda muloqot maydoni bo‘lib xizmat qiladi.

«Tashkent Book Fest» xalqaro ko‘rgazmasi doirasida jahon va mahalliy yetakchi nashriyotlar va taniqli mualliflarning kitob taqdimotlari, davra suhbatlari, seminarlar, kitobxonlik tanlovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Ko‘rgazma to‘g‘risida batafsil maʼlumotni www.tashbookfest.uz saytidan olish mumkin.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться