O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Zamonaviy harbiy nizolar va ularning oldini olish yoʻllari” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya

2020-11-04

2020-yilning 4-5-noyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti koʻmagida “Zamonaviy harbiy nizolar va ularning oldini olish yoʻllari” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya oʻtkaziladi.

Bugun dunyo boʻylab keng tarqalgan “COVID-19” pandemiyasi bilan bogʻliq vaziyatni hisobga olgan holda, tadbir videokonferensaloqa shaklida tashkil qilinishi koʻzda tutilgan.
 
Xalqaro konferensiyaning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilangan:
 
– zamonaviy harbiy nizolarning yangi shakliy oʻzgarishlarini oʻrganish hamda transmilliy tahdidlarga qarshi kurashning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish, Qurolli Kuchlar faoliyatini takomillashtirish boʻyicha tajriba almashish;
 
– harbiy toʻqnashuvlar va noanʼanaviy tahdidlarga qarshi kurash boʻyicha milliy va xalqaro tajribani umumlashtirish;
 
– xorijiy oliy taʼlim muassasalari va tadqiqot markazlari bilan oʻzaro tajriba almashishni kengaytirish.
 
Onlayn-konferensiyada xorijiy mutaxassislar, shu jumladan, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Xalqaro Qizil Xoch qoʻmitasi, Shanxay hamkorlik tashkilotining mintaqaviy aksilterror tuzilmasi, Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti, Jorj Marshall nomidagi Xavfsizlik masalalarini oʻrganish boʻyicha Yevropa markazi, Amerika Qoʻshma Shtatlari Milliy mudofaa universiteti qoshidagi Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo strategik tadqiqotlar markazi, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya Respublikasi, Buyuk Britaniya, Germaniya Federativ Respublikasi, Polsha, Hindiston, Italiya, Xitoy Xalq Respublikasi, Koreya Respublikasi, Pokiston Islom Respublikasi, Belarus Respublikasi, Qozogʻiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Qirgʻiziston Respublikasi va Turkmaniston Respublikasi mutaxassislari ishtirok etishi rejalashtirilgan.
 
Xalqaro ilmiy onlayn-konferensiya materiallari va tavsiyalari harbiy xizmatchilar bilimi va dunyoqarashini yana-da kengaytirishga imkon yaratadi.
 
Azizjon TOIROV,
Qurolli Kuchlari akademiyasi
Ilmiy tadqiqotlar instituti
boʻlim boshligʻi

Manba: O'zA

Поделиться