O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Birlashgan Millatlar Tashkiloti kuni

2020-10-24

BMT kunida 1945-yilda BMT Ustavi kuchga kirgan kun nishonlanadi.

Tashkilot ushbu asosiy hujjat uning ishtirokchilarining ko‘pchiligi, shu jumladan Xavfsizlik Kengashining beshta doimiy a'zosi tomonidan ratifikasiya qilingan paytdan boshlab rasmiy ravishda faoliyatini boshlagan.
 
24-oktabr BMT kuni sifatida 1948-yildan buyon nishonlanib kelinadi. Bu yil Tashkilot o‘zining 75 yilligini butun dunyo uchun katta sinov bo‘layotgan, sog‘liqni saqlash sohasidagi mislsiz global inqiroz og‘ir iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarga olib kelayotgan bir paytda nishonlamoqda.
 
Bugun BMTning 75 yilligini nishonlash uchun dunyoning mashhur binolari, muzeylari, ko‘priklari va boshqa me'moriy yodgorliklari moviy rang bilan yoritiladi. Ushbu tashabbus ramziy ma'noda dunyo fuqarolarini birlashtirishga, tinchlik, barqaror rivojlanish va inson huquqlari universal tilining tarqalishiga ko‘maklashishga qaratilgan harakatdir.
 
#UN75
 
“Yuksalish” umummilliy harakati

Поделиться