O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

"InnoWeek.Uz" Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi onlayn o‘tkaziladi

2020-11-03

Yangi ichki va xorijiy texnologiyalarni namoyish etish, aholi hayot darajasini yaxshilash va yangi texnologiyalar almashinuvi orqali mamlakat iqtisodiyoti uchun foydali bo‘lgan yangi investitsion imkoniyatlarini jalb qilish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan hozirgi kunda ishlab chiqilayotgan elektron platformada joriy yilning 3-8-noyabr kunlari "InnoWeek.Uz" Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi o‘tkaziladi.

«InnoWeek.Uz» - har yili O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan to‘plangan salohiyat va ilmiy-texnik sohadagi innovatsiyalar va investitsiya loyihalari sohasidagi ish natijalarini namoyish etishga qaratilgan tadbir. Ushbu tadbir mahalliy va xorijiy hamkorlar/investorlar bilan yangi istiqbolli innovatsion ishlanmalar bilan tanishish va investitsiyalarni yanada jalb qilish uchun noyob maydondir. Davlat ilmiy markazlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, universitetlar, sanoat korxonalari va texnoparklar asosiy eksponentlardir.

2020-yilda innovatsiya haftaligi doirasida quyidagi onlayn tadbirlarni o‘tkazish rejalashtirilgan:

● «Xalqaro innovatsion yarmarka»;

● «Robototexnika bo‘yicha xalqaro chempionat»;

● Osiyo-Tinch Okeani texnologiyalar transferi markazi (OTTTM) bilan hamkorlikda «Mintaqaviy seminar».

Innoweek doirasida, startaplarni amalga oshirish uchun potentsial investorlar va biznes-farishtalarini jalb qilish uchun kraudfanding (ommaviy/jamoat moliyalashtirish) tizimining noyob platformasi bo‘lishi kutilayotgan «Ishlanmalar banki»ni ishga tushirish rejalashtirilgan.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun biz bilan bog‘laning: spcenter@mininnovation.uz.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться