O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Rossiya va MDH bogʻlari -2020” forumi

2020-07-08

8-iyul kuni onlayn tartibda “Rossiya va MDH bogʻlari” forumi boʻlib oʻtadi. Unda ishtirok etayotgan turli mamlakatlarning soha korxonalari vakillari investitsiya, texnologiya va innovatsiya masalalarini muhokama etadilar, shuningdek, bogʻdorchilik industriyasida ilgʻor texnologiyalarni yetkazib beruvchi mintaqaviy va xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha ham fikr almashiladi, deb xabar qiladi Tojikistonning “Xovar” agentligi MDH ijroiya qoʻmitasi matbuot xizmati maʼlumotiga tayanib.

Tashkilotchilar bunday formatda muloqot oʻtkazish ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirishda, gʻoyalar va tajribalar bilan oʻrtoqlashishda, krizisni bartaraf qilish boʻyicha qarorlar qabul qilishda qoʻl kelishini taʼkidlashmoqda.
 
Tadbirda har yili 500 dan ziyod delegatlar ishtirok etadi. Ular yirik sanoat bogʻlari, uzumchilik, rezavor meva plantatsiyalari va urugʻchilik korxonalari vakillaridir. Onlayn forum ishtirokchilariga yakkama-yakka muzokaralar olib borishi uchun oldindan belgilangan jadval boʻyicha alohida virtual xonalar ajratiladi, ekspress-taqdimotlar, videoaloqalar yoʻlga qoʻyiladi, rahbarlar uchun yopiq onlayn-klub tashkillashtiriladi.
 
Onlayn forumning asosiy yoʻnalishi biznes ekspertlarning toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotlarini yoʻlga qoʻyishdan iborat. Shuningdek, xabarda MDH mamlakatlari bogʻbonlarining invest loyihalari taqdimotini oʻtkazish, strategik plenar majlis chaqirish va sohani rivojlantirish bilan bogʻliq boshqa masalalar ham onlayn forum ish rejasidan oʻrin egallagani aytilmoqda.

Manba: O'zA

Поделиться