O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

AQSh delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi

2020-06-29

2020-yilning 29-iyun – 1-iyul kunlari AQShning Afg‘onistondagi yarashish masalalari bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Halilzod va AQSh Xalqaro taraqqiyotni moliyalashtirish korporatsiyasi (DFC) bosh ijrochi direktori Adam Boyler O‘zbekistonga tashrif buyuradi.

Tashrif dasturida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, tashqi ishlar, investitsiyalar va tashqi savdo, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirliklarida ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Bo‘lajak uchrashuvlar davomida Afg‘onistondagi tinchlik muzokaralari jarayonini qo‘llab-quvvatlash masalalari, DFC mablag‘larini O‘zbekistonda investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun jalb qilish istiqbollari muhokama qilinadi.

AQSh delegatsiyasi 30-iyun kuni videokonferensaloqa orqali bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo – AQSh” (“C5+1”) shaklidagi vazirlar uchrashuvida ham ishtirok etadi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться