O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro muzeylar kuni

2020-05-18

Muzeylar har bir xalq ilmiy-madaniy merosini ifoda etuvchi jonli tarixdir. U xalqning madaniyati, turmush tarzi, milliy an'ana va qadriyatlarini o‘rganish, ularni targ‘ib etish va kelgusi avlodga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.  

Muzeylar  chinakam ilmiy, ma'naviy-ma'rifiy hazina bo‘lib, yildan-yilga boyib, qiymati oshib  boradi. 
 
18-may – Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan barcha muzey hodimlarini samimiy tabriklab, kelgusi ish faoliyatlarida, hayot yo‘llarida muvafaqqiyatlar, sog‘lik va salomatlik tilab qolamiz. 
 Aziz yurtdoshlarimizga esa yana bir bor O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Milliy muzey jamg‘armasining elektron katalogi ishga tushganini ma'lum qilamiz. 
 
Elektron katalog www.goskatalog.uz internet manzilida joylashgan bo‘lib, unga davlat muzeylarining 46 tasi biriktirilgan.  Bugungi karantin holatida uyda qolgan holda mazkur virtual galereyalar orqali turli tarixiy, ilmiy, madaniy boyliklarimiz bilan tanishishingiz mumkin.

Поделиться