O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oliy Majlis Senatining to‘rtinchi yalpi majlisi

2020-05-11

2020-yil 6-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to‘rtinchi yalpi majlisini joriy yil 11-may kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Videokonferensaloqa shaklida o‘tkaziladigan yalpi majlisda 20 ta masala, shu jumladan, 10 ta qonun ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan. 

“Salomatlik” ordenini ta’sis etish to‘g‘risida”gi, “Sog‘lom turmush” medalini ta’sis etish to‘g‘risida”gi, “Faxriy murabbiy” ordenini ta’sis etish to‘g‘risida”gi yangi qonunlar shular jumlasidan.

Shu bilan birga, “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi”gi, “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar - O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunlar muhokama qilinadi. 

Bundan tashqari, senatorlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligi to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqiladi.

Yalpi majlisda “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturining 2020-yil birinchi choragidagi ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining, Ombudsman, Hisob palatasi, Bosh prokuror va Markaziy bank boshqaruvi raisining 2019-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlari eshitilishi ham nazarda tutilmoqda.

Yalpi majlis kun tartibiga hokimlar tomonidan qarorlar qabul qilinishida qonun hujjatlariga rioya etilishi holati yuzasidan Hukumatga parlament so‘rovi yuborish masalasi kiritilgan.

Prezidentimizning “Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonini tasdiqlash masalasi navbatdagi majlis kun tartibidan o‘rin olgan.

Поделиться