O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xotira va qadrlash kuni

2020-05-09

1999-yili 9-may kuni O‘zbekiston poytaxtida Xotira maydoni ochildi va shu kundan buyon 9-may Xotira va qadrlash kuni deb nishonlanmoqda.

Ushbu bayram keng ma'noga ega bo‘lib, u mustaqil O‘zbekistonda asrlar davomida qahramona, o‘lkamizni himoya qilgan, uning erkinligi, mustaqilligi va xalqining tinchligi uchun kurashgan vatandoshlar xotirasiga bag‘ishlanish bilan bir qatorda u umumxalq hotirasi va insonni qadrlash kuni hamdir. Xotira va qadrlash kuni chinakam milliy-umumxalq bayramidir, bu kunlari kishilar uzoq-yaqinda yashovchi yaqinlarini holidan xabar oladilar, katta yoshlilarni ziyorat qiladilar va ularga alohida izzat ko‘rsatiladi.
 
Mamlakatimizda 9-may umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kuni o‘tkazilishi, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lganlar xotirasini abadiylashtirish, bugun ham saflarimizda turib, Vatan obro‘-e'tiborini yuksaltirishga, yoshlarni ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qo‘shayotgan faxriylarni e'zozlash hamda fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi nishonlanishi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni imzolangan bo‘lib unga ko‘ra ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 10 000 000 (o‘n million) so‘m miqdorida bir yo‘la pul mukofoti belgilandi. 
 
Shuningdek, farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati Moliya vazirligi, Markaziy bank, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga ushbu pul mukofotining tantanali topshirilishini ta'minlash topshirildi.

Поделиться