O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Belarus-O‘zbekiston agrar forumi

2020-02-25

2020-yil 25-26-fevral kunlari Toshkent shahrida Belarus-O‘zbekiston agrar forumi bo‘lib o‘tadi. Forum tashkilotchilari - “Produkt.BY” jurnali, Belarus Respublikasi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vazirligi hamda Belarus Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi. Tadbirni o‘tkazish g‘oyasi O‘zbekistonda davlat tomonidan faol qo‘llab-quvvatlandi. Forumning hamkorlari - O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasining Belarus Respublikasidagi elchixonasidir.

"NAVRUZ" qabullar uyi ikki mamlakatning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari va qayta ishlovchilari hamda chakana savdo vakillari, O‘zbekiston va Belarus ulgurji xaridorlari, texnika va  texnologiyalarni yetkazib beruvchilar, investorlar, loyiha va ilmiy institutlar, sohaviy universitetlar vakillari uchun mehmondo‘stlik eshiklarini ochadi. Belarus tomonidan forumga 80 dan ortiq korxona va tashkilotlarning 150 vakillari tashrif buyuradi. O‘zbekistonlik ishtirokchilarning soni 600 kishini tashkil etadi.

Forumning ko‘rgazma ekspozitsiyasi doirasida 60 ta Belarus va O‘zbekiston korxonalari o‘zlarining eksport imkoniyatlarini namoyish etadilar. Asosiy e’tibor qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, naslli chorvachilik hamda sut-tovar fermalari, sabzavot omborlari va qayta ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish va qurish  sohalaridagi ilg‘or ishlanmalarga, go‘sht va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish, energiya va resurslarni tejamkorlik borasida tajriba almashishga qaratiladi. Oziq-ovqat sanoati korxonalari o‘zlarining eng istiqbolli eksportbop mahsulotlarini professional degustatorlargar taqdim etadilar.

Forum doirasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri B2B muzokaralarni o‘tkazish ham ko‘zda tutilgan. Bunga chakana savdo, restoran va mehmonxona biznesi, ulgurji savdo kompaniyalari, fermer xo‘jaliklari va ishlab chiqarish kompaniyalari vakillari manfaatdordir. Muzokaralarni samarali tashkil etish maqsadida katta tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Ikkala tomonning bo‘lajak ishtirokchilari hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdorliklari, yangi mijozlarni topish va uzoq muddatli sheriklik aloqalarini o‘rnatish ishtiyoqini bildirmoqdalar.

Belarus-O‘zbekiston agrar forumida ishtirok etish uchun tadbirning “uz.produkt.by” rasmiy saytida ro‘yxatdan o‘tish lozim.

Поделиться