O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Turkiya Oliy saylov kengashi raisining O‘zbekistonga tashrifi

2019-12-19

2019-yil 19-23-dekabr kunlari Turkiya Respublikasi Oliy saylov kengashi (Türkiye Cumhuriyeti Yüksek Seçim Kurulu) raisi Sadi Guven boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyuradi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining taklifiga binoan Turkiya delegatsiyasi bo‘lajak parlament saylovida xalqaro kuzatuvchilar sifatida ishtirok etadi, shuningdek, mamlakatdagi demokratik o‘zgarishlar va uning tarixiy-madaniy diqqatga sazovor joylari bilan tanishish maqsadida poytaxt va respublikaning mintaqalarida bo‘ladi.

Mamlakatimizning Turkiyadagi Elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, tashrif dasturida ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish maqsadida Toshkent shahrida MSK rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Поделиться